17 jan 22:48
Yangiliklar

Boks. Xitoydagi licenzion musobaqada ishtirok etadigan bokschilarimiz ro'yxati malum
Avvalroq, bokschilarimiz ushbu musobaqaga tayyorgalikning so'nggi bosqichini olib borish uchun Xitoyga jo'nab ketganliklari haqida xabar qilindi.
O'zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi To'lqin Qilichev Instagramdagi sahifasiga surat joylashtirdi. U bilan birga suratda turgan bokschilarimiz katta ehtimol bilan licenzion musobaqada qatnashadilar.
Bundan tashqari, biroz avval O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati tomonidan ham surat taqdim etildi. Ushbu ikki suratga qarab, tarkibni taxmin qilish qiyin emas.
Demak, suratlardan ko'rinib turibdiki, Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanma olish uchun quyidagi bokschilarimiz Xitoyda ringga ko'tarilishadi:
-52 kg: SHahobiddin Zoirov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63 kg: Elnur Abduraimov
-69 kg: Bobousmon Baturov
-81 kg: Dilshodbek Ro'zmetov
-91 kg: Sanjar Tursunov
+91 kg: Bahodir Jalolov.
Ammo bu hozircha rasmiy malumot emas. Yakuniy tarkib musobaqa boshlanishiga oz vaqt qolganida O'zbekiston boks federaciyasi tomonidan elon qilinishi lozim.
Fikrlar