05 sen 19:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschi qizlarimiz MDH o'yinlarida 11 ta medal qo'lga kiritishdi
Rossiyaning Qozon shahrida birinchi MDH o'yinlari davom etmoqda.
Bugun musobaqaning boks bo'yicha bahslarida finallar tashkil etildi. Quvonarlisi, musobaqada 11 nafar o'zbekistonlik bokschi qiz delegaciyamiz hisobiga medal qo'shib qo'ydi.
Terma jamoamiz tarkibida quyidagi bokschilar sovrindor bo'lishdi:
Oltin:
-46 kg: Gulsevar G'anieva
-63 kg: Sitora Bahodirova
-70 kg: Oysha Toirova
Kumush:
-48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
-50 kg: SHaxina Nematova
-57 kg: Rano Muratbaeva
-60 kg: Muxlisa Toxirova
-66 kg: Sanobar Bozorboeva
-80 kg: Oltinoy Sotimboeva
Bronza:
-52 kg: Uzukjamol Yunusova
-54 kg: Guldana Tileubergenova
Ayni paytda o'g'il bolalar o'rtasidagi final bahslari o'tkazilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar