29 may 16:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschi qizlarimiz Olimpiada licenzion turnirida ringga chiqishdi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo'yicha Parij-2024 Olimpiadasi uchun jahon licenzion turniri davom etmoqda.
Olimpiya o'yinlariga yo'llanma taqdim etuvchi ushbu so'nggi licenzion turnirda O'zbekiston terma jamoasining uch nafar bokschi qizlari ham ishtirok etyapti. Bugun ulardan ikki nafari o'z janglarini o'tkazishi haqida xabar bergan edik.
-66 kg vazn toifasidagi bokschimiz Navbahor Hamidova turnirdagi ikkinchi jangida germaniyalik Leoni Myullerni 3:2 hisobida engdi. Hozirgina yakuniga etgan jangda esa Rashida Tagirova (-60 kg) shveciyalik Agnes Aleksiussonga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar