So’nggi yangiliklar

23:05Оғир атлетикачиларимиз Жаҳон чемпионатини Топ-3`да якунлашди 0 22:34"5 ҳафта!". Бивол Каллум Смитга қарши жанг олдидан бугунги спорт формасини кўрсатди + ФОТО 0 22:03Усман UFC’нинг ўта енгил вазндаги буюк жангчисини айтди. Бу Ян эмас! 0 21:32"Челси" аутсайдерга ютқазди, "Ливерпуль" меҳмонда ғалабага эришди ва бошқа натижалар 0 20:51Самбочиларимиз 16 та медаль билан 101 давлат орасида 3-ўринни эгаллашди 0 16:20Самбочиларимиз жаҳон чемпионатида яна 4 та медал қўлга киритди 0 15:49Жалгасбай Бердимуратов PFL Моscоw турнирида эронлик рақибига қарши жанг қилди 0 15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0

06 iyu 13:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Bokschi Sanjar Tursunovga avtomobil sovg'a qilindi + FOTO

Teglar :  Sanjar Tursunov
Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov Tokioda o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritgan Sanjar Tursunovni “Kobalt” engil avtomashinasi bilan taqdirladi.

Bu haqida Surxondaryo viloyati hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi. 

Mohir bokschi ikki marta O'zbekiston kubogi, uch marta yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni kamarini qo'lga kiritgan. Boks bo'yicha Germaniyaning Gamburg shahrida bo'lib o'tgan Jahon chempionatida uchinchi o'rinni egallagan. 22 yoshdagi sportchi hozirgacha 40 ga yaqin jang o'tkazib, ularning 20 dan ortig'ida g'alabaga erishgan. 

— Prezidentimiz sportchi-yoshlarni har taraflama qo'llab-quvvatlab, nufuzli musobaqalarda g'alabaga bo'lgan ishonchimizni yanada mustahkamlayotir, — deydi Sanjar Tursunov. — Bu bizning yanada yuqori marralarni ko'zlab, jahon arenasida O'zbekiston bayrog'ini baland ko'tarishga undamoqda. Nasib bo'lsa, shu yil “Tokio-2020” Olimpiadasida ham g'alaba bilan qaytaman. Buning uchun Toshkent viloyatida bellashuvga puhta hozirlik ko'rayapman.

Mamlakatimiz sportchilari o'rtasida XXXII yozgi Olimpia o'yinlari yo'llanmasini birinchilardan bo'lib, qo'lga kiritgan Sanjar Tursunov Denov tumanidagi O'rikzor mahallasida tug'ilib, kamolga etgan. Olti yoshidan boks bilan shug'ullanadi. 

— Tog'alari polvon, — deydi otasi SHokir Tursunov. — Akasi Suxrob esa bolalikdan sportning dzyudo turiga mehr qo'ydi. Sanjar ham ularga ergashib, sport bilan shug'ullana boshladi. Lekin, u boksni tanladi. Suxrob Xitoyning Nankin shahrida 2014 yil o'tkazilgan o'smirlar Olimpia o'yinlarida bronza medal sohibi bo'lib qaytgach, Sanjarda bundan ham yuqori pog'onalarga ko'tarilish orzusi paydo bo'ldi. Qatiy mehnat va intilishlar o'g'limning orzusini ruyobga chiqarmoqda. U Tokio Olimpiadasida mamlakatimiz sharafini ishonchli himoya qiladigan bo'ldi. Bularning barchasi davlatimiz tomonidan yoshlarning sport bilan shug'ullanishi uchun etarli sharoit yaratilgani va ularga ko'rsatilayotgan g'amxo'rliklar samarasidir.

Tadbirda Sanjar Tursunovga viloyat hokimi sovg'asi — “Kobalt” engil avtomashinasini viloyat hokimining o'rinbosari Jo'rabek To'raev keng jamoatchilik vakillari, sportchilar va yoshlar ishtirokida tantanali topshirdi. 

Joriy yilda bo'lib o'tadigan “Tokio-2020” Olimpiya o'yinlarida Surxondaryo viloyatidan o'ndan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.



Reyting: -3   

Fikrlar

+1   
06 iyu 13:33:48
Abduvakhob Mutalipov
Yahshi kunlariga mingani nasib qilsin.
   
12 iyu 06:06:28
Javohirjon
Agar Tokiodan medalsiz kelsa özimiz mis medal taqamiz(nma deyapsila mis ham qimmat turad)
   
07 iyu 18:49:44
IlhomonUZ
pahtachi hakim kimga pahta qo‘ydiikan. sanjarni o‘rniga boshqa nomzod topish kerak. rezultat bermiydi bu bola.
   
06 iyu 22:28:44
Qwe5009
Хўп майли ўзи туғилиб ўсган вилояти туман хокими тақдирлабди гап сўз йўқ лекин дунё ареналарига чиқмасин барибир бу болада натижа қилиш имконияти жуда жуда паст
   
06 iyu 19:25:00
Bahodir Choriyev
Malades Malibu berish kerak edi. Yashasin...
   
06 iyu 19:24:43
Bahodir Choriyev
Malades Malibu berish kerak edi. Yashasin...
   
06 iyu 18:00:20
Nuriddin 77
Bu bola kattakonni arzandasi sabab Surhon hokimi ham paxta qõyib qōydi kuyovlarni shunday hurmat qilish kerak.Bu bachchaga semichka pōchoginiyam berishmaydi yaponyada.
   
06 iyu 14:17:31
Farhod_ bek1990
100% Olimpadada alyumen medal ham ololmaydi. Tanish bilishchilikning namunasi Tursunov.
   
06 iyu 13:52:53
Dark Warrior
Olimpiadada medal ololmasang, Moshinangni toshbo'ron qilamaiz.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing