27 apr 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschilarimiz Belarusdagi xalqaro turnirni 6 ta oltin bilan yakunlashdi
22-27 aprel kunlari Belarusning Minsk shahri Belarus Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiy V.V. Botvinnik xotirasiga bag'ishlangan xalqaro ochiq turnirga mezbonlik qildi.
Unda ishtirok etgan 2010-2011 yilda tug'ilgan bokschilarimiz 6 ta oltin, 5 kumush va bitta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
G'olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-46 kg. Abdulloh Ziyavitdinov
-52 kg. Islombek Furqatov
-54 kg. Og'abek Otamurodov
-46 kg. Rayhona Alimxanova
-50 kg. Nafisa Bosimova
-54 kg. Sabina Mirzaeva.

Kumush medal:
-48 kg. Mustafo Tursunboev
-50 kg. Ilyos Zarifboev
-57 kg. Hojiakbar Mirzamahmudov
-60 kg. Ulug'bek Soliev
-63 kg. Abdurahmon Murtazaev.
Bronza medal:
-75 kg. Amirxon Salohiddinov.
Murabbiylar: Mo'minjon Ahmedov, Aliyor Noraliev, Nodirjon Irgashev.
Hakam: Jahongir Soliev.
Havola :
Manba : boxinguzbekistan
Fikrlar