So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0

24 sen 16:52
Yangiliklar

Boks/MMA

Bokschilarimiz JCHga Kuba bilan tayyorlanishadi, To'lqin Qilichev Tokiodagi ishtirokka izoh berdi

Teglar :  BoksMOQ
MOQda sportchilarimizning Tokio-2020 Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokiga bag'ishlangan yig'ilishlar davom etmoqda.

MOQda bir qator sport turlari bo'yicha jamoalarimizning ishtiroki tahlil qilindi.

Kecha kunning birinchi yarmida bokschilarimizning janglari etibor markazida bo'ldi. Yig'ilishda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, O'zDJTSU qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori, professor Rashid Matkarimov, Sportning yakkakurash turlari bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabi direktori Bahodir Mamatnazarov, O'zbekiston boks federaciyasi bosh kotibi Murod Mamadaliev, terma jamoa katta murabbiyi To'lqin Qilichev ishtirok etishdi.

Qayd etish joiz, muxlislarimiz bokschilarimizdan Olimpiadada ko'proq medal kutishgan edi. Biroq vakillarimizning ko'pchiligi omadsizlikka uchradi. Bunga To'lqin Qilichev quyidagicha izoh berdi:



“Bizning Olimpiada bo'ladigan mamlakatga 20 kun oldin etib borib, u erning iqlimiga moslashish metodikamiz Tokioda bir oz o'zini oqlamadi. Sababi so'nggi yig'in uchun biz aynan Tokio shahrini tanlagan edik. U erda Olimpiadadan oldin juda qattiq nazorat bo'ldi. Bizni mehmonxonadan chiqarishmadi. Ajratilgan zal, oshxona va yotoqxonadan tashqariga chiqa olmadik. Bokschilarimiz 20 kun bunday sharoitda ruhiy jihatdan ezilib qolishdi. Bu esa janglarda o'z tasiri o'tkazmay qolmadi. Ha, bazi yigitlarimiz ustida ishlashda ham kamchiliklar bo'ldi. Hakamlar mavzusi esa barchaga malum”.

Uchrashuv davomida murabbiy endi darajasi biznikidan past bo'lgan jamoalar bilan xalqaro o'quv yig'inlari tashkil etilmasligini aytib o'tdi. SHuningdek, oldindagi yirik musobaqalardan avval har bir bokschimizning tayyorgarligiga individual yondashish, har yarim yilda viloyatlardagi murabbiylarning mahoratini oshirish maqsadida o'quv-seminarlari tashkil etish, Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik davomida ilm-fan yo'nalishidan yanada keng foydalanish kabi masalalar ko'rib chiqildi.



Uchrashuvda bu yil Serbiyada o'tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ham alohida ko'rib chiqildi. Federaciya mutasaddilarining so'ziga ko'ra, jamoamiz dunyo birinchiligidan avval so'nggi yig'inni Toshkentda Kuba bilan o'tkazadi va shu bilan Serbiyaga yo'l oladi.


SHuningdek, bugun kun davomida MOQ rahbari bilan kamondan otish, stol tennisi, chim ustida xokkey federaciyalari, Qo'mita raisining o'rinbosari SHerzod Tashmatov bilan regbi, basketbol kabi Tokio-2020 Olimpiadasiga yo'llanma ololmagan federaciyalarning faoliyati muhokama qilindi. Yo'l qo'yilgan xatolar ko'rib chiqilib, yangi strategiya haqida fikr almashildi. Unga ko'ra, aksariyat federaciyalar xorijlik murabbiylar bilan Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rish rejasini maqulladi. O'z navbatida, MOQ rahbariyati bu borada barcha yordamni ko'rsatishga tayyor ekanini bildirib, buning uchun aniq reja bilan ishlash kerakligini takidladi.






Reyting:    

Fikrlar

+1   
24 sen 17:54:59
♥♥♥ UZB BOXING CHEMPION ♥♥♥
"Ob havoning noqulay kelganligi sababli" xaxaxaaa ???????????? pazor Tulqin aka buyogi bollada ayb yuq hamma ayb to'pda bo'lyabtiku aka sastavda 4 ta judaham slabi bollarni olib kettiyiz buni uzingizham yaxshi bilasiz yorvoradigan bollar bor edi buniham bilasiz essizzz
   
24 sen 22:14:44
Nuriddin 77
Rio 2016 da termani ōzagini Rustam Saidov tuzgan afsuskiy mafiyachalarga uni chestniyligi yoqmadi.Tōlqin shu ketishda termani kōtiga tiqmasa bōldi
   
24 sen 20:20:27
A
Raxmatli Hojiboy Tojiboyev bilib aytgan ekan????xaliyam bu murabiylani baxtiga Boxodir medal oldi ate babr pazor bub keldi bu wou beznes baksyor murabiylarimiz uyalila
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing