08 dek 08:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschilarimiz "Neft mamlakatlari kubogi"da 5 ta medal qo'lga kiritishdi
1-7 dekabr kunlari Rossiyaning Yugorsk shahrida boks bo'yicha F.K.Salmanov xotirasiga bag'ishlangan "Neft mamlakatlari kubogi" musobaqasi o'tkazildi.
Unda terma jamoamiz bokschilari ham ishtirok etib, yakunda 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medaliga ega chiqishdi.
G'olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
-71 kg. Abdulaziz Jo'raqulov
+92 kg. Ozodbek Aliev.
Kumush medal:
-75 kg. Jasurbek Olimjonov.
Bronza medal:
-54 kg. Abdulaziz Abdunazarov
-80 kg. Norbek Abdullaev.
Murabbiylar: Ramzjon Ahmedov, Suxrob Umarov, Maruf Muzaffarov.

Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan
Fikrlar