09 noy 09:49
Yangiliklar
Bokschilarimiz Osiyo chempionatining 1/2 finalida kimlarga qarshi jang qiladi?
Ammanda bo'lib o'tayotgan qita birinchiligining barcha yarim finalchilari malum. Yarim finaldagi eng ko'p raqibimiz Mo'g'ulistondan. Ushbu mamlakat terma jamoasiga hamyurtimiz Abror Tursunpo'latov bosh murabbiylik qilyapti. Bu mutaxassis Olimpiada chempioni Fazliddin G'oibnazarovning murabbiyi hisoblanadi.
Bokschilarimiz Qozog'iston va Hindistondan ikki nafardan raqibga qarshi ringga ko'tarilishadi. Quyida terma jamoamiz azolarining raqiblari bilan tanishishingiz mumkin.
-51 kg: Hasanboy Do'smatov - Kharkhuu Enkhmandakh (Mo'g'uliston)
-54 kg: SHahzod Muzaffarov - Mahmud Sabirxan ( Qozog'iston)
-57 kg: Abdumalik Xalakov - Gantumur Lunda (Mo'g'uliston)
-60 kg: Athamjon Muhiddinov - Bayarhuu Buyandalai (Mo'g'uliston)
-63,5 kg: Ruslan Abdullaev - CHu En Lai (Taypeyi)
-67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Dulat Bekbaurov (Qozog'iston)
-75 kg: Saidjamshid Jafarov - Sumit (Hindiston)
-80 kg: Odiljon Aslonov - Bekjigit uluu Omurbek (Qirg'iziston)
-92 kg: Madiyar Saidrahimov - Ahmat Sulayman Al-Teimat (Iordaniya)
+92 kg: Lazizbek Mullojonov - Nareendar (Hindiston)
Fikrlar