03 dek 17:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz Qozog'istonda "Serik Konakbaev turniri"da ishtirok etishdi
Qozog'istonning Olma-Ota shahrida boks bo'yicha SSSRda xizmat ko'rsatgan sportchi, bugungi kunda Osiyo boks konfederaciyasi prezidenti hisoblangan Serik Konakbaev sovrini uchun musobaqa bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada ikki nafar o'zbekistonlik bokschi ham ishtirok etdi.
24-27 noyabr kunlari Olma-Otada bo'lib o'tgan musobaqada hamyurtlarimizdan Jahongir Qayumov va Muxtor Abdullaevlar ishtirok etdilar.
Bahslarda -60kg vazn toifasida ishtirok etgan Jahongir Qayumov finalgacha etib bordi va musobaqaning kumush medalini qo'lga kiritdi.
Muxtor Abdullaev esa hal qiluvchi janglarga yo'llanma ololmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar