09 iyu 06:10
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Bokschilarimiz Rio-2016ga tog'da tayyorgarlik ko'rishyapti
SHu kunlarda boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi birinchi va ikkinchi raqamli azolari poytaxt viloyatida joylashgan Yangiobod o'quv-mashg'ulot bazasiga to'planishgan.
U erda terma jamoamiz charm qo'lqop ustalari murabbiylar qo'l ostida mashg'ulotlarga zo'r berishgan. Ushbu yig'in birinchi raqamli sportchilarimiz uchun Rio-2016 Olimpiadasiga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi.
Eslatib o'tamiz, boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida to'liq tarkibda, yani 10ta vazn toifasida ishtirok etadi.
SHuningdek, o'zbek boksi tarixida ilk bor ayol bokschimiz ham Yozgi Olimpiya o'yinlariga boradi. Aniqrog'i, Samarqand boks maktabi tarbiyalanuvchisi Yodgoroy Mirzaeva Rio ringlarida 51 kg vazn toifasida yurtimiz sport sharafini himoya qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar