12 noy 20:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz Rossiyadan 2ta oltin, 1ta kumush bilan qaytadigan bo'ldilar + FOTO
Boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o'tkazilayotgan ananaviy xalqaro turnirda ishtirok etayotganliklari haqida xabar qilgandik.
Bugun turnirda ishtirok etgan uch nafar bokschimizning barchasi final janglarini o'tkazdi.
Rahmatjon Ro'zioxunov boshchiligidagi uch nafar charm qo'lqop ustamiz - Isroil Madrimov (-75 kg), Sanjar Tursunov (-91 kg) va SHunqor Abdurasulov (-60 kg) yarim final janglarida raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l olishgandi.
Hal qiluvchi janglarda Isroil Madrimov va SHunqor Abdurasulov mezbon raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, turnirning oltin medalini qo'lga kiritdilar.
Sanjar Tursunov esa boshqa bir rossiyalik sportchiga imkoniyatni boy berib qo'ydi va yakunda kumush medal bilan kifoyalandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
23.11-30.11.17г.Смотрите и любите бокс!!!