06 apr 11:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschilarimiz Turkiyadagi nufuzli turnirda birinchi bo'lishdi
29 martdan 5 aprelgacha Turkiyaning Istanbul shahri 34-xalqaro "Axmet Komer Bosfor" xotirasiga bag'ishlangan turnirga mezbonlik qildi.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azolari ham ishtirok etdi.
Besh nafar bokschi bilan finalga etib kelgan vakillarimiz, yakunda mag'lubiyatsiz odimlab, barchasi oltinni naqd qilishdi. Ushbu natija umumjamoa hisobida birinchilikni taminladi.
Oltin medallar:
-65 kg. Ilhomjon Ergashev
-48 kg. Robiyaxon Baxtiyorova
-54 kg. Uzukjamol Yunusova
-60 kg. Sitora Turdibekova
+80 kg. Sobiraxon SHoxobiddinova.
Murabbiylar: SHahzoda Umarova, Farrux Jo'raev, Bahodir Nuruddinov, Anvar Karabekov.
Musobaqada Valixan Anashev hakam sifatida faoliyat olib bordi.





Havola :
Manba : boxinguzbekistan
Fikrlar