07 mar 13:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Bokschilarimiz Xelsinkidagi turnirda ishtirok etishmoqda
Kecha Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahrida boks bo'yicha xalqaro turnir start oldi.
Musobaqada o'zbekistonlik iqtidorli charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishmoqda. Kecha kun davomida ikki bokschimiz ringga ko'tarildi.
-57 kg vazn toifasida Abdumalik Xalakov germaniyalik Murat Yildirimni 3:2 hisobida mag'lub etdi. -69 kg vaznli Jahongir Rahmonov esa armanistonlik Arson Grigoryanga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Bugun musobaqa doirasida -63 kg vaznli bokschimiz Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev armanistonlik Narek Xovanisyanga qarshi ringga ko'tariladi. Abdumalik Xalakov esa rossiyalik Vsevolod SHumkovga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar