16 iyu 11:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschimiz ikkinchi vazn chempionlik kamari uchun ringga chiqadi
Professional boksda muvaffaqiyatli odimlayotgan charm qo'lqop ustamiz Husniddin Po'latov navbatdagi jangini chempionlik kamari uchun o'tkazadi.
Husniddin roppa-rosa bir oy oldin, aniqrog'i 16 iyun kuni Toshkentda tashkil etilgan boks oqshomining anderkad jangida o'ziga tegishli WBA Asia chempionlik kamarini himoya qilgan edi. 69,8 kg vazn toifasida ringga chiqib kelayotgan hamyurtimiz 10 raundga mo'ljallangan jangning uchinchi raund 59-soniyasida gruziyalik Badri Gogichashvilini nokautga uchratgandi.
Endi Po'latov 7 sentyabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida ikkinchi vazn toifasi chempionlik kamarini qo'lga kiritish uchun urinib ko'radi. U 66,7 kg vaznda vakant bo'lib turgan WBA Asia chempionlik kamari uchun koreyalik bokschi In Dak Seoga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar