28 dek 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/25562_220.jpg)
Bokschimiz jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqadi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Jamshid Najmiddinov o'zining navbatdagi jangida jahon chempionlik kamari uchun ringga ko'tariladi.
Najmiddinov 30 dekabr kuni Qozog'istonning Almati shahridagi "Almati Arena"da WFA (World Fighting Assotiation) jahon chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. Uning raqibi indoneziyalik Xero Tito bo'ladi.
Malumot uchun, Najmiddinov bugungacha 16ta jang o'tkazgan va ularning 15tasida g'alaba qozongan. Hisobida 10ta nokaut bor. Faoliyatidagi yagona mag'lubiyatini shu yilning 16 sentyabr kuni Kiev shahrida hakamlarning xatosi tufayli ukrainalik sobiq WBC chempioni Viktor Postoldan qabul qilib olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar