14 avg 13:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschimiz Otabek Xolmatovning professional ringdagi debyut jangi bir raundgina davom etdi + FOTO
Floridada professional boks oqshomi o'tkazildi.
Avvalroq ushbu boks kechasida hamyurtimiz Otabek Xolmatov o'zining prof ringdagi debyut jangini o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Otabek ilk jangida braziliyalik Marchello Uilyamsga qarshi ringga ko'tarildi.
6 raundga mo'ljallangan jang birinchi raunddayoq o'z nihoyasiga etdi. Ilk raundda bokschimiz raqibini texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi va prof ringdagi debyutini chiroyli g'alaba bilan boshladi.
Endi u navbatdagi jangini 25 sentyabr kuni o'tkazishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar