07 avg 02:03
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
Bokschimiz Xurshid Tojiboev ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Rio Olimpiadasining boks musobaqalari boshlandi va qizg'in suratda davom etmoqda.
Hozirgina Olimpiadada to'liq tarkibda ishtirok etayotgan charm qo'lqop ustalarimizning ishtirokini -60 kg vazn toifasidagi bokschimiz Xurshid Tojiboev boshlab berdi.
Hamyurtimiz ilk jangida asli kelib chiqishi turkiyalik, lekin Olimpiadada Qatar sharafini himoya qilayotgan Xakan Ereskerga qarshi ringga ko'tarildi. Uch raund davom etgan jangda Xurshid yaqqol ustunlik (3:0) bilan raqibini mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo'l oldi.
Eslatib o'tamiz, Xurshid Tojiboev Rio-2016 yo'llanmasini AIBAning yangi yo'nalishi xisoblangan APB turnirida g'alaba qozongan holda qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar