So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

16 sen 18:50
Yangiliklar

Futbol, Bolalar sporti

Bolalar futboli. Namangan tumanida g'oliblar aniqlandi + FOTO

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan hududlarda 9-12 yoshli bolalar o'rtasida “Futbolimiz kelajagi”, 13-14 yoshli bolalar o'rtasida “Mahallada futbol”, 15-16 yoshli bolalar o'rtasida esa “CHarm to'p” musoboqalarining viloyat bosqichlari yakunlanmoqda.

Xususan,  14-15 sentyabr kunlari Namangan tumani markaziy stadionida 15-16 yoshli o'g'il bolalar o'rtasida “CHarm to'p” futbol musobaqalarining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. 

Namangan tuman hokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, tuman madaniyat bo'limi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi hamkorligida yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur musobaqada asosan mahallalarda uyushmagan yoshlardan tarkib topgan 10 ta jamoa g'oliblik uchun kurash borishdi. Murosasiz va qiziqarli tarzda o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra 3 – o'rinni CHortoq tumanining “Damariq” MFY jamoasi, 2 – o'rinni Namangan tumanining “Toshbuloq” MFY jamoasi, 1- o'rinni Norin tumanining “Furqat” MFY jamoasi egalladi. Musobaqa dasturiga muvofiq, birinchi o'rinni band etgan Norin tumani “Furqat” MFY jamoasi respublika final bosqichida ishtirok etadi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar kubok, medal va esdalik sovg'lari bilan taqdirlanishdi. Mukofotlarni Namangan tumani hokim S. Z. Mo'minov topshirdi.

-Ananaga aylangan “CHarm to'p” musobaqasining viloyat bosqichi tumanimizda o'tishi sportni, jumladan bolalar o'rtasida futbolni keng ommalashishiga, rivojlanishiga hissa qo'shadi, - deydi Namangan tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi boshlig'i Doniyor Nizomov. – Mazkur musobaqaning munosib tarzda o'tishida tuman hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi va qator hamkor tashkilotlarga minnatdorchilik bildiramiz. Mahallalarda shakllangan futbol jamoalarining  bu kabi bellashuvlarda to'p surishi, viloyat va respublika bosqichlarida ishtirok etishi  - olis va chekka hududlarimizdan  futbol bo'yicha istedodlarning bo'y ko'rsatishiga zamin bo'ladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing