So’nggi yangiliklar

21:38"Насаф" пенальтидан урилган гол эвазига "Андижон"ни мағлуб этди ва Ўзбекистон суперкубоги соҳибига айланди 0 19:45Асу Алмабаев Рамазон Темиров билан жанги ҳақида гапирди 0 19:21Эшитдик-да! Усмон Тошев Афғонистон терма жамоасини тарк этди 0 19:00ADXC 10. Арман Царукян иштирокидаги мусобақада ўзбекистонлик спортчи Жаҳон чемпиони билан жанг қилади 0 18:38"Ҳумо"нинг россиялик матбуот котиби жамоа атрофидаги вазиятга изоҳ берди 0 18:15Богдан Гусков Никита Крилов билан жанг учун тайёргарликни Янгиободда бошлади (ВИДЕО) 0 17:51Расман: "Реал" афсона кетаётганини эълон қилди 0 17:30Леон Эдвардс UFC 320 турнирида жанг қилиши мумкин 0 17:05Шарифа Давронова Осиё чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси учун илк медални тақдим этди 0 16:40Ўзбекистон профессионал бокс федерациясига янги раис тайинланди 0 16:16Давид де Хеа фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин 0 15:54Энтони Жошуа Турки билан учта жанг бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 15:26Кроуфорд Тим Цзюга қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:03Оскар Де Ла Хойя Райан Гарсия ва Роландо Ромеро реваншини ташкил қилмоқчи 0 14:39Роналду "Ал Насср"дан кетганидан кейин "Спортинг"га қайтиши мумкин 0

20 noy 12:59
Yangiliklar

Futbol, Bolalar sporti

Bolalar-o'smirlar futbol akademiyalarida istedodlar kamol topmoqda

O'zbekiston futbol associaciyasi huzuridagi Toshkent viloyati bolalar - o'smirlar futbol akademiyasida belgilangan nizomga ko'ra saralash bosqichidan o'tgan 154 nafar futbolda istedodi bor  bolalar talim-tarbiya olishmoqda.

Futbol  sport turida yuqori iqtidorga ega bo'lgan bolalarni saralab, ularni ushbu sohada o'qitib, individual xususiyatlarini kuchaytirish, bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish uchun ishonchli zaxirani shakllantirish, istedodli bolalarni futbolga jalb etish va futbol bo'yicha salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish, shuningdek, professional futbolchilarni tayyorlash tizimini tashkil etish, yurtimiz futbolini futboli rivojlangan mamlakatlar bilan xalqaro darajada raqobatlashadigan darajaga etkazish, turli yosh toifasidagi respublika terma  jamoalarga va professional futbol jamoalariga etuk futbolchilarni tayyorlash kabi bir qator ezgu – maqsadlarni ko'zlagan  bolalar- o'smirlar futbol akademiyalarida bugun futbolga oshno o'quvchilar jam bo'lishgan. 



O'zbekiston futbol associaciyasi huzuridagi Toshkent viloyati bolalar - o'smirlar futbol akademiyasida belgilangan nizomga ko'ra saralash bosqichidan o'tgan 154 nafar futbolda istedodi bor  bolalar talim-tarbiya olishmoqda. Yangiyo'l tumani Xalqabod qurg'oni hududidagi “Vatan” nomli mahallada joylashgan mazkur futbol akademiyasida  mashg'ulotlarda emin-erkin shug'ullanishlari uchun  batartib qilib bunyod etilgan turli ulchamdagi futbol maydonlari doim futbolchi-o'quvchilar bilan band. Yaqindagina ko'chada shunchaki, to'p tepib, o'z imkoniyatini to'la nomoyon etolmay, qalbidagi mitti orzulari ruyobini ko'rishiga unchalik ham ishonmay yurgan futbolga oshiq bolalarning bugun hech qanday tusiqlarsiz, barcha shart-sharoitlar muhayyo bo'lgan maskanda to'p tepish imkoniga ega bo'lgani ular uchun maroqli.  Kerakli darajadagi licenziyaga ega bo'lagan tajribali murabbiylar qo'l ostida futbolni o'rganayotgan bolalarning orzulari bir olam. Endi bu bolalar ko'ngliga  yashirgan orzusi amalga oshishini biladi. Faqat tinimsiz mehnat, o'z ustida ishlash orqali erishiladigan yulduzlikni futbolda yulduz bo'lgan futbolchilar hayoti yaqqol misol ekanligini ham bilishadi.

Andrey Snetkov, Yokub Risboev, Kaxramon Jumev, Davron Dushaboev, Zafar Sodikov, Ilhom Mirzaev  kabi jonkuyar murabbiylar shogirdlarini  professional ligalarda, terma jamoalar safida ko'rishni maksad qilishgan.  Abdirahmon Daminov, Azamat Suloymonov, Dilro'x Aliev, SHokir SHarifjonov, Yorqin Suvonov, Sadulla Xayrullaev, Sardor Mahmudov singari iqtidorli o'quvchilardan  ustoz-murabbiylarning umidi katta. Hali akademiya tashkil etilganiga bor-yo'g'i uchinchi oy ketyapti. Biroq o'quvchilarning g'alabaga bo'lgan intilishi chakki emas. Bunga misol, yaqinda 2005 yilda tug'ilgan  bolalar o'rtasida o'tkazilgan respublika birinchiligida Toshkent viloyati terma jamoasi safida ishtirok etgan akademiya tarbiyalanuvchilari faxrli ikkinchi o'rinni egallashgan. Ayni paytda esa 14 ta hududiy bolalar – o'smirlar akademiyalari o'rtasida “O'FA Kubogi” musobaqasida ishtirok etayotgan Toshkent viloyati bolalar - o'smirlar futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tib, chorak finalga yo'l olishdi. Endi ular Namangan viloyati jamoasiga qarshi kuch sinashishadi. 11-13 noyabr kunlari O'FA tomonidan barcha bolalar –o'smirlar akademiyalarining direktorlari, sport ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari va murabbiylar ishtirokida ilmiy-amaliy o'quv seminarining aynan ushbu  maskanda bo'lib o'tgani, futbol sir-asrorlarini o'rganayotgan o'quvchilarda ishtiyoqni oshirsa, mehnat qilayotgan murabbiylarning tajribasi yanada boyishiga xizmat qilishi bor gap. Akademiya mezbonligida  Yangiyo'l tumani mahallalarida istiqomat qilayotgan maktab o'quvchilari  o'rtasida o'tkazilgan “Baby Legue” deb nomlangan futbol musobaqasini o'tkazilishi ham yosh bolalarda futbolga, sportga bo'lgan qiziqishni kuchaytirish haqiqat. 


Akademiya direktori Albert Axmatgaleev hamda murabbiylar say-harakati  bilan viloyat ikkinchi liga  bellashuvlarida 10-11 sinf o'quvchilari hamda ustoz-murabbiylardan iborat ikkita jamoaning muvaffaqiyatli ishtirok etayotganini takidlab o'tish joiz. Quyi ligalarda to'p tepa boshlagan o'quvchilar amaliy jihatdan ijobiy natija  berishi hech kimga sir emas.
-    Akademiya sifatida ish boshlaganimzga endigina uch oy to'lyapti, hali qilishimiz kerak bo'lgan ishlar talaygina deydi, - Toshkent viloyati bolalar - o'smirlar futbol akademiyasi texnik direktori Bekzod Muqimov. – Murabiylarimiz malakasini bosqichma-bosqich amalga oshirish, nafaqat futbolda balki talim-tarbiya ishlariga ham alohida etibor qaratganmiz. O'quvchilarni aniq va ijtimoiyi fanlardan yaxshi o'zlashtirishi, fan olimpiadlarida ijobiy natijalarga erishishlari, sifatli va kaloriyalarga boy oziq-ovqatlarni istemol qilishlari, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari   biz uchun muhim. Selekciya ishlariga ham etibor qaratish orqali futbolga qiziqishi yuqori bo'lgan, iqtidorli bolalarni erta aniqlab, akademiyaga jalb etishimiz ham zarur . To'g'ri, kamchilik va muammolar ham yo'q emas. Ammo Albert Ahmatgaleev rahbarligida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarga  barham berishga ham erishyapmiz.    Futbol bilan oshno bo'lgan tarbiyalanuvchilarimizni iqtidorini, istedodlarini shakllantirib, terma jamolar, superligalarda ishtirokini ko'rish, terma jamoa safida osiyo va jahon chempionatlarida yurtimiz shanini munosib himoya qila oladigan futbolchilarni etkazib berish bosh maqsadlarimizdan sanaladi.    


Ilhom RAHMONOV

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing