So’nggi yangiliklar

14:17Умарали Раҳмоналиев "Манчестер Юнайтед" билан ўйиндан сўнг нималар деди? 0 13:46XX Осиё ўйинларида иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 13:15Расман! Наманганда ўтказиладиган Octagon 92 турнирининг марказий жанги эълон қилинди (ВИДЕО) 0 12:44Одилхон Бухорода бўлиб ўтган ATFС 33 турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 12:13Мануэль Нойер Германия футболчилари орасида рекорд ўрнатди 0 11:42Теренс Кроуфорд рингга қайтяптими? 0 11:11US Open 2026. Аёллар ўртасидаги турнирда финалчилар аниқланди 0 10:40Ислам Махачев: "UFC`дан қўнғироқ кутяпман" 0 10:09ЕЧЛ. "Шахтёр" ПСВ билан, "Фенербахче" эса "Рома" билан дуранг ўйнади + ВИДЕО 0 09:38Super Rizin 5 натижалари: Шайдуллаев Rizin ва PFL чемпионлик камарларини бирлаштирди 0 09:07Синдаров Непомняшийни мағлуб этди, Бибисарада ҳам ғалаба. Жамоа пешқадам! Бугун Жавоҳир - Магнус тўқнашуви бор! 0 08:36Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнири бошланади. Биринчи кун уч дзюдочимиз татамига чиқади 0 08:05ЕЧЛ. "Манчестер Юнайтед" "Сабаҳ"ни тор-мор этди, Раҳмоналиев "Олд Траффорд"да ўйнади 0 07:34Юнон-рум курашчиларимиз Осиё ўйинларида оптимал таркибда қатнашишади 0 07:03UFC Қирғизистонда турнир ўтказишга қизиқяптими? 0

17 okt 15:32
Yangiliklar

Bolalar sporti

Bolalar sporti. BO'SMlarda toblanayotgan yoshlar

Teglar :  Bolalar sporti
O'g'il-qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli va foydali o'tishida, istedodlar bo'y ko'rsatishida sport maktablarining o'rni beqiyos.

Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli  SHahrisabz shahar bolalar-o'smirlar sport maktabida ham 721 nafar  o'quvchilar boks, erkin kurash, taekvondo (WTF), engil atletika dzyudo, badminton, karate, badiiy gimnastika, kurash, sambo, ushu sport turlari bo'yicha 19 nafar nafar malakali murabbiylar qo'l ostida mashg'ulotlarga zo'r berishgan.

Sport maktabi mashg'ulotlarida toblanayotgan o'quvchilar 2018 yilgi yuqori natijalardan ko'rinadiki, istedodli  sportchi-bolalar ko'pchilikni tashkil etadi. Malumotlarga ko'ra, o'tgan yili etmish nafar BO'SM tarbiyalanuvchilari viloyat musobaqalarida kuchli uchlikdan joy olishga muvaffaq bo'lishgan.  

Kurashda ikki nafar, boks bo'yicha bir nafar, karate sport turidan uch nafar, sambodan etti nafar, ushudan o'n nafar sportchi-bolalar mamlakat  chempionati va kubok musobaqalarida shohsupadan joy egallashgan. 

Milliy kurash bo'yicha murabbiy Ilhom Murodov qo'l ostida shug'ullanayotgan Kamoliddin Rasulov 2017 yil sentyabrida Turkmanistonning Ashxobod shahri mezbonlik qilgan yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida terma jamoa tarkibidi ishtirok etib, oltin medal sohibiga aylangan.   2017 yil dekabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida kurash bo'yicha o'tkazilgan jahon chempionatida ham g'oliblik shohsupasiga ko'tarilgan. 2018 yil dekabr oyida dzyudo bo'yicha O'zbekiston kubogi bellashuvlarida oltin medal egasiga aylangan. 

Joriy  yilning o'tgan to'qqiz oyida ham bir qator sovrinli natijalar qayd etilgan. Engil atletika, sambo, ushu, kurash, taekvondo singari sport turlaridan viloyat musobaqalarida, mamlakat chempionatlari va kubogi bahslarida bir nechta oltin, kumush va bronza medallari  qo'lga kiritilgan.   

Birgina misol, o'tgan oyning 18-20 sentyabr kunlari Farg'ona shahri mezbonlik qilgan engil atletika bo'yicha 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida 3000 metr masofaga yugurishda SHerzod Zubaev marraga birinchi bo'lib etib kelib, chempionlika erishgan bo'lsa, Javohir Qobilov uchinchi o'rinni egallab, bronzaga ega bo'lgan. 

Qizlar o'rtasida xuddi shu masofaga yugurishda CHaros Ashurova ham kuchli uchlikdan joy olib, bronza medali bilan taqdirlanishgan. Engil atletikachilarning ushbu natijalari bois, ular mamlakat terma jamoalari safiga qabul qilinishgan. 

SHuningdek, sport maktabida rejaga muvofiq, har bir sport turidan  BO'SM ochiq birinchiliklari o'tkazilishi, yosh sportchilarning katta sport sari toblanib borishidan dalolat. 

- O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyundagi PQ – 3031 – sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori, 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida gi PQ – 4063 – sonli Qarori ijrolarini taminash maqsadida BO'SMning barcha ishchi-xodimlari, murabbiylari va tarbiyalanuvchilari ishtirokidagi ommaviy badantarbiya mashg'ulotlarini tashkil etish har kungi odat tusini olgan, - deydi BO'SM direktori Husan  Yusupov. - O'quvchilarimiz manaviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha   targ'ibot-tashviqot qilish orqali kun sayin sportga oshno bo'lish istagini bildirgan va mashg'ulotlarga kelib qo'shilayotgan bolajonlar soni oshib borayotganidan xursandmiz. Maqsadimiz - sportning ommaviyligini taminlash, o'g'il-qizlarimizni sportga jalb etib, irodasini mustahkamlash, Vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, istedodli yoshlarni katta sport sari yo'naltirib, terma jamoalarimizga munosib izdoshlarni etishtirib berishdan iborat.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing