So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

15 mar 19:45
Yangiliklar

Bolalar sporti

Bolalar sporti. Sportga oshno bolalar

Bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga, ayniqsa, bolalar sportini rovojlantirish orqali o'g'il-qizlarning o'zlari qiziqqan sport turlari bilan muntazam shug'ullanishlari uchun keng imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda.

Bunday yuksak etibordan unumli foydalangan sportchi-o'quvchilar bor mahoratlarini ishga solib, maqsadlari sari dadil qadam tashlashmoqda. Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Bo'ka tuman bolalar va o'smirlar sport maktabida ham sport mashg'ulotlariga qatnayotgan bolalarning yuz-ko'zlarida yaratilgan  imkoniyatlardan, bugunidan shodumonlikni anglab olish qiyin emas. 

Mazkur BO'SMda ayni paytda 1360 nafar o'g'il-qiz sportning futbol, voleybol, basketbol, erkin kurash, kurash, belbog'li kurash, suzish, boks, og'ir atletika, shaxmat, stol tennisi, o'zbek jang sanati, karate, engil atletika turlari bo'yicha 38 nafar malakali murabbiylar qo'l ostida muntazam mashg'ulotlarga kirishgan.  

Sportga oshno bo'lgan BO'SM tarbiyalanuvchilari orasida o'tkazilayotgan turli musobaqalarda g'olib va sovrindor bo'lib, etirofga sazovor bo'layotganlari talaygina. Xususan, murabbiy SHaxzod Hazratov va Sirjoddin Isroilovlar qo'l ostida belbog'li kurash bilan shug'ullanayotgan yosh polvonlar respublika miqyosidagi bellashuvlarda sovrinli o'rinlar bilan qaytishmoqda. 

Bobur SHuhratov, Habibullo Muhammadaliev, Sarvar Mamashokirov, SHerali G'ulomjonov, Asliddin Abdirashidov, Zuhra Qosimova, Dilafro'z Egamberdieva, Yulduz Omonova, Gulasal Ibrohimova, Muxlisa Egamberdieva, Sevinch Ibrohimova singari ko'plab belbog'li kurashchilar bugun BO'SMning faxriga aylanishgan. 

O'zbek jang sanati turida ham shunday yuqori natijalarga guvoh bo'lish mumkin. Dilnoza Turdalieva, Husniddin Qayumov, Sabohat Ravshanova, SHahnoza To'raqulova, Kamron Abdujabborov kabi o'n nafardan ortiq o'zbek jang sanati ustalari ham belbog'li kurashchilar singari mamlakat chempionatlarida oltin va kumush medallariga ega chiqishmoqda. Karate, futbol, erkin kurash va boshqa sport turlarida ham xuddi shunday viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarda kuchli uchlikdan joy olishmoqda.

- Jismoniy tarbiya va sportning aholi orasida, jumladan yoshlar orasida ommaviyligini taminlash bosh vazifalarimizdan sanaladi, - deydi Buka tuman BO'SM direktori Farhod  Rahmonov. - Yaratilgan bunday keng imkoniyatlardan oqilona foydalanib, mavjud sport turlaridan istedodli bolalar qobiliyatini shakllantirib, katta sport sari yo'naltirish, terma jamoalar tarkibiga munosib nomzodlar tayyorlash qolaversa, joriy yilda sovrinli natijalarimizni yanada ko'paytirishni  maqsad qilganmiz. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing