So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

24 okt 11:19
Yangiliklar

Bolalar sporti

Bolalar sporti. Sportga oshno maskan

Talim muassasalarida tahsil olayotgan o'quvchi-yoshlarning ertalab darslardan oldingi gimnastika mashg'ulotlari, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishda tashkil etilayotgan sport to'garaklarning o'rni muhim ahamiyatga ega.

CHirchiq  sanoat va xizmat ko'rsatish kasb-hunar kollejida ayni paytda 800 nafardan ortiq o'quvchilar turli kasb-hunarlar bo'yicha tahsil olishadi. Kollej hovlisidagi batartib mini-futbol, engil atletika kabi sport maydonchalari, keng va shinam sport zali doim o'quvchilar bilan gavjum. 

Boisi, sportning voleybol, engil atletika, basketbol, stol tennisi, shaxmat, stol tennisi to'garaklarimuntazam ishlab turibdi. To'g'ri, mazkur tashkil etilgan to'graklarda ishtirok etayotgan o'g'il-qizlar professional sportchi darajasiga ko'tarilmas, biroq sog'lom turmush tarzini teranroq anglab borishi shubhasiz. 

Qolaversa, muntazam mashg'ulotarda ishtirok etayotgan sportchi-o'quvchilar  turli darajadagi sport bellashuvlarida muvaffaqiyatlarga erishishlari uchun sabab bo'lishi yanayam quvonarli. Tajribali jismoniy tarbiya o'qituvchilari Kadriya Davidova (Jismoniy tarbiya rahbari) hamda Umidjon Abbosovlar murabbiyligida har kuni ertalab o'quv-mashg'ulotlar boshlanmasdan burun barcha o'qituvchi va o'quvchilar ishtirokida gimnastika, ertalabki badantarbiya mashg'ulotlarini  bajarilishi yigit-qizlarning  kun davomida tetik va yuqori kayfiyatda yurishini, darslarni o'zlashtirish darajasi ham yuqori bo'lishini ko'rsatmoqda.  

SHuningdek, kollejda voleybol, basketbol, stol tennisi. shaxmat va mini-futbol bo'yicha haftaning olti kunida darslardan bo'sh vaqtlarda guruxlararo  musobaqalar o'tkazilishi yo'lga qo'yilgan. Kollej direktori Olimjon Muqimovning talabchanligi va sportga oshnoligi bois jismoniy tarbiyaga oid ishlar birinchi o'rinda turadi.

Kishi jismoniy holatini aniqlashda “Alpomish va Barchinoy” test-meyorlarining o'rni beqiyos. SHu bois har yili bahor faslida mazkur test-sinovlarini o'quvchi va o'qituvchilar ishtirokida qabul qilinishi kollejda odat tusini olgan.  O'quvchilarning takidlashicha, “Alpomish va Barchinoy” test-sinovlarini topshirish jarayoni chin manoda sport bayramiga aylanib ketadi. Bu ham bo'lsa qaysidir manoda  keng jamoatchilik orasida jismoniy tarbiya va sportning ommalashishiga, yanada qiziqishi ortishiga olib kelishi bor haqiqat. 

Demak, jismoniy holatimizni aniqlash va yaxshilash sari sport maydonchalari tomon ketdik. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing