So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

30 may 10:31
Yangiliklar

Bolalar sporti

Bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan musobaqalar o'tkazildi

O'rtachirchik tumanida joylashgan jismoniy imkoniyati cheklangan o'quvchilar uchun 124-maxsus maktab internatida “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Har bir bolaga mehr, etibor!” shiori ostida sport festivali tashkil etildi.

Musobaqada o'quvchi yoshlar ikki guruxga bo'linib, o'zaro bellashdilar. Festival ko'tarinki kayfiyatda o'tdi. Tadbir sport bayramiga aylanib ketdi. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida ularga bayramona kayfiyat ulashildi.

Tadbir so'ngida g'olib jamoa hamda o'quvchi yoshlarga Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi Toshkent viloyati filiali tomonidan esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlar topshirildi.

SHuningdek, ushbu sanaga bag'ishlangan musobaqalarning yana biri Farg'ona viloyati gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida tashkil qilindi.

2006-2011 yillarda tug'ilgan sportchi qizlar o'rtasida o'tkazilgan viloyat birinchiligida Qo'qon, Marg'ilon, Farg'ona shaxarlari, Beshariq, Bog'dod, Buvayda, Rishton, O'zbekiston, Furqat, Oltiariq tumanlaridan jami 90 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etishdi.

Musobaqaning g'olib va sovrindorlari viloyat gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi hamda “Sog'lom avlod” xalqaro xayriya jamoat fondi tomonidan ajratilgan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing