23 iyu 14:47
Yangiliklar
Og'ir atletika
Bolgariya og'ir atletika federaciyasi 250 ming dollar jarima to'ladi
Bolgariya og'ir atletika federaciyasi Xalqaro og'ir atletika federaciyasiga 250 ming AQSH dollari miqdorida jarima to'ladi.
2015 yilning noyabr oyida Bolgariya terma jamoasi antidoping qoidalarini buzgani uchun to'liq tarkibda diskvalifikaciya qilingandi. SHu sababli ham jamoa Rio Olimpiadasida ishtirok eta olmagan. O'shanda IWF (Xalqaro og'ir atletika federaciyasi) terma jamoa 500 ming dollar jarima to'lash lozimligini malum qilgan.
Keyinroq Sport arbitraj sudi (CAS) jarima miqdorini ikki barobarga kamaytirdi. Ushbu mablag' homiylar va muxlislar tomonidan qoplab berildi.
Havola :
Manba : Sportal
Fikrlar