19 fev 15:38
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Bolshunov bitta Olimpiadada 5 ta medal qo'lga kiritgan ilk chang'ichi bo'ldi
Rossiyalik chang'ichi Aleksandr Bolshunov bitta Olimpiya o'yinlarida beshta medalga ega chiqqan ilk chang'ichiga aylandi.
Pekin-2022 o'yinlarida Bolshunov 3 ta oltin (skiatlon, estafeta va marafonda), alohida startdagi poygada kumush va jamoaviy sprintda bronza medalini qo'lga kiritdi.
2018 yili Pxyonchxanda bo'lib o'tgan Olimpiadada Bolshunov to'rtta medalga ega chiqqandi. Bungacha norvegiyalik sportchilar Petter Nortug (2010), Born Deli (1992, 1994, 1998), Vegard Ulvang (1992), shuningdek SHveciya vakillari Gunde Svan (1984) va Siksten Yernberg (1956) bitta Olimpiya o'yinlarida to'rtta medalni o'z terma jamoasi hisobiga qo'shib qo'ygandi.
Yana bir qo'shimcha malumot, Bolshunov Olimpiya o'yinlarining yopilish marosimida Rossiya Olimpiya qo'mitasi terma jamoasining bayroqdori bo'ladi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar