So’nggi yangiliklar

14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0

04 mar 02:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Boshladik! Dastlabki kundagi ikki g'alaba, koronavirusdan havotir olgan Niyozov va "No photo, no video"

Bugun Iordaniya poytaxti Amman shahrida Osiyo/Okeaniya mintaqasi bokschilari uchun Tokio Olimpiadasiga licenziya taqdim etuvchi musobaqa start oldi.

Kecha, 2 mart kuni O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyati, "O'zbekiston 24" telekanalidagi hamkasblarimiz Norbek Niyozov va Ahmad Bayzullaev hamda kamina Istanbul shahri orqali Iordaniya poytaxtiga etib keldik. 

Kelishimiz bilan Amman aeroportida mahalliy sim-kartalarni oldik. Ichida 40 gigabayt internet paketi bo'lgan raqamning har biri deyarli 23 dollardan tushdi. Internet rasm va videolar bilan ishlashda yaxshigina asqotadi. Toshkent va Amman orasidagi vaqt uch soatni tashkil etadi. Poytaxtimiz uch soat oldinda.

Bugundan bahslarga start berildi. "Prince Hamza Hall", yani shahzoda Xamza nomidagi sport saroyi biz va bokschilar istiqomat qilayotgan mehmonxonadan piyoda yurganda 10 daqiqalik yo'l. Mehmonxonadan sport zaliga qadar maxsus avtobuslar - "Shuttle Bus"lar ham yo'lga qo'yilgan. Ammo uchovlon shahar ko'chalarini tomosha qilib, piyoda yurishni maqul ko'rdik. 



Amman ko'chalari. Piyodalar o'tishi uchun mo'ljallab qo'rilgan ko'prikdan turib olingan surat



Operator Ahmad aka "O'zbekiston 24" kanali uchun kadrlar yig'moqda



Norbek aka "Horun Al Rashid" ko'chasi nomi yozuvini ko'rib qoldi



SHaharning ajoyib manzaralarini suratga tushirayotgandik, oldimizga xavfsizlik xizmati xodimlari kelib, suratga olish mumkin emasligini tushuntirishdi. "No photo, no video". Biz uchun tanish ibora) Tushunishim bo'yicha bu tashqi ishlar vazirligiga qarashli idoralardan biri ekan. Oddiy o'zbekistonlik uchun uning qandaydir strategik ahamiyatga ega bino ekanligining farqi yo'q



Musobaqalar o'tkazilayotgan "Prince Hamza Hall" arenasining tashqaridan ko'rinishi



Muxlislar arena tashqarisida



Bu OAV xodimlari uchun mo'ljallangan media markaz. U erda matbuot anjumanlari ham tashkil etiladi



Iordaniyaliklar "tema"da. Gigiena qoidalariga albatta amal qilish lozim



Media markazga borib o'zimiz uchun tayyorlangan akkreditaciyalarni oldik



O'zbekistonlik bokschilar ichida qizimiz Yodgoroy Mirzaeva o'z ishtirokini boshladi. U o'z faoliyatidagi ikkinchi Olimpiadasida ishtirok etish uchun yurishni boshladi. 5:0 hisobidagi g'alaba!


Takidlash lozimki, musobaqa Xalqaro olimpiya qo'mitasi tomonidan tashkil etilmoqda. SHunga ko'ra, qoida va talablar jiddiy. Belgilangan joydan tashqarida suratga tushirish, xattoki ringdan tashqarida ham fotoapparat "vspyshka"sini ishlatish mumkin emas. Zaldagi yorug'lik esa ideal emas. SHuni o'ylab hunob bo'lib turganimizda, Norbek Niyozovni yonida o'tigan jurnalist qaysi mamlakatdan ekanligi haqidagi savol qiynamoqda)



Kunning ikkinchi qismida -75 kg vaznli bokschimiz Fanat Qahramonov mezbon bokschiga qarshi jang qildi va g'alabaga erishdi. Qayd etish lozimki, ushbu jang bokschimiz uchun oson kechmadi. Musobaqada ishtirok etishi uch kun oldin aniq bo'lgan Fanat O'zbekistonga qaytayotgan joyida Turkiyadan Ammanga qaytib keldi. 3 kun ichida 6 kg vazn tashlash oson emas. Har xolda Qahramonov uchun bugungi g'alaba oson bo'lgani yo'q. Ishonamizki, kelasi janglarda u o'z yo'liga tushib oladi. 

SHu o'rinda muxlislarimizdan iltimos qilardik. Bokschilarimizni qo'llab-quvvatlang, ularga ishoning. Ular barcha kommentlarni o'qishadi. Keskin fikrlar bildirayotganda shularni ham inobatga oling. 

Musobaqa vaqtida sportchilarda vazn tashlash bilan bog'liq muammolar, qiyinchiliklar tug'ilishi tabiiy. Bunday paytda esa imkon qadar ularga halal bermaslikka harakat qilamiz. SHu sababli, maqolada ularning kundalik tartibiga oid mavzudan biroz chetlanishga majburmiz. 

Mazkur safarni tashkil etishda tashabbus ko'rsatgan O'zbekiston boks federaciyasiga esa minnatdorchilik bildirib o'tamiz

Aziz To'xtamurodov, Amman 

Reyting:    

Fikrlar

   
04 mar 11:15:07
Сурхон Барлос
Чиндан ҳам Қахрамонов лицензияни қўлга киритиб олимпиада чемпиони бўлса, қанийди
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing