10 mar 07:24
Yangiliklar
Boshlanishi chakki emas: Og'ir atletikachilarimizdan jahon chempionatidagi ikkita medal
Bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasidan dastlab Og'abek Nafasov bahsga kirishdi. -55 kg vazn toifasida supachaga jami 13 atlet ko'tarildi.
Birinchi mashq - dast ko'tarishda 2018 yili kattalar o'rtasidagi jahon chempionati ishtirokchisi italiyalik Serjio Masida 103 kg natija bilan barchani ortda qoldirdi. Peshqadamga 1 kg yutqazgan Nafasov ikkinchi o'rin bilan kifoyalandi. Kuchli uchlikdan ozarbayjonlik Omar Javodov joy oldi.
SHu tariqa, Ogabek delegaciyamizga ilk medal - kumush mukofotni keltirdi. Ikkinchi mashq - siltab ko'tarishda shahrisabzlik yigit 121 kg natija bilan to'rtinchi bo'ldi.
Ikkikurashda esa Italiya vakilidan so'ng ikkinchi o'rinni egalladi va katta kumush medal sohibiga aylandi.
Nafasov Samarqandda og'ir atletika bilan shug'ullanayotganiga ikki yil bo'ldi, xolos. Terma jamoa tarkibiga o'tgan yil kuzda jalb etildi. Akobir Usmonovning istedodli shogirdini oldinda yana ko'plab yorqin zafarlar kutib turibdi deb ishonamiz.
Mirzahakim To'xtamirzaev,
Las-Vegas, AQSH
Fikrlar