So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

08 fev 11:23
Yangiliklar

Tadbirlar

Boshqarma boshlig'i mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashdi

Bugun mamlakatimizda barcha sohalarda bo'lgani kabi jismoniy tarbiya va sportda ham izchil islohatlar amalga oshirilmoqda.

Yuksak etibor va g'amxurliklar bois, sportga bo'lgan oshnolik har qachongidanda keng ommalishib, minglab istedodlar bo'y ko'rsatmoqda. Jumladan, Toshkent viloyatida ham sport sohasida qator yutuqlar qo'lga kiritilmoqda. Boisi, jismoniy tarbiya va sportni aholi orasida keng targ'ib bo'layotgani, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi doirasida nazarda tutilgan vazifalar ijrosi amalda  isbotini topmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komiljon Adilov ham  boshqarma tasarrufidagi sport maktablarida bo'lib, sport ishlarining ahvolini o'rganib, belgilangan vazifalar ijrosini taminlanayotgani yuzasidan atrofilicha tanishmoqda. 

SHuningdek, boshqarma tomonidan viloyatdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va maktab-internatlari o'rtasida ham sport musobaqalarini o'tkazishni yo'lga qo'yish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng ommalashtirish va iqtidorli sportchilarni saralash orqali viloyat, respublika milliy terma jamoalari  tarkibiga jalb etish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. 

Kecha, 7 fevral kuni Komiljon Adilov Nurofshon shahrida CHirchiq shahridagi 14- mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashib, jismoniy tarbiya va sportning ahamiyati xususida suhbatlashdi. 

Uchrashuv so'nggida mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi, engil atletika bo'yicha ikki karra O'zbekiston chempioni Nadejda SHustovaning muvaffaqiyatlarini etirof etib, sport kiyimlari va “Samsung” rusumli televizor sovg'a qildi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing