So’nggi yangiliklar

16:29Халқаро Кураш Ассоциацияси Президенти истеъфога чиқди, унинг ўрнига ҳамюртимиз ташкилотни бошқаради 0 16:07Жордан Барроуз RAF билан шартнома имзолаб, Махачев ва Царукян билан бир кечада жанг қилмоқчи эканини айтди 0 15:21Анвар Анваров Швециядаги турнир чемпиони! 0 14:58Расман: Марк Кукурелья — "Реал" футболчиси! 0 14:31Топурияни қўлтиқлаб олиб чиқиб кетишди, Гэтжидан сальто. Оқ уй UFC турнирининг ёрқин СУРАТЛАРИ 0 13:55Макгрегор Топуриянинг Гэтжи билан жангдаги мағлубияти ҳақида гапирди 0 13:29Царукян Гэтжининг Топурия билан жангидаги ғалабасидан 5,7 млн доллар ютиб олди 0 12:58Алижонов умумий гуруҳга қайтди. Машарипов, Ҳамробеков ва Ғаниевчи? 0 12:33Махачев Гэтжининг Топурия билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 11:54UFC White House - Freedom 250 турнир бонуслари кимларга насиб қилди? 0 11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0

08 fev 15:34
Yangiliklar

Boks/MMA

Bo'stonliqda boks bo'yicha ochiq turnir o'tkazildi + FOTO

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Bo'stonliq tuman bolalar-o'smirlar sport maktabida 2006-2007 hamda 2008-2009 yillarda tug'ilgan bolalar o'smirlar o'rtasida boks bo'yicha ochiq turnir bo'lib o'tdi.

Bo'stonliq tuman bolalar-o'smirlar sport maktabiga qarashli Abay nomli sport majmuasida o'tgan mazkur ochiq turnir O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 82 yilligi munosabati bilan tashkil etildi. 

Ushbu musobaqada qo'shni Qozog'iston Respublikasi, shuningdek, Namangan, Jizzax, Samarqand viloyatlari, Toshkent viloyatining Bo'stonliq, Yuqorichirchiq, CHinoz, Zangiota,CHirchiq singari tuman va shaharlaridan yosh charm qo'lqop ustalari ishtirok etishdi. 

Viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, Tuman BO'SM va viloyat boks federaciyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan turnir  murosasiz va qiziqarli bahslarga boy bo'ldi. 

Musobaqada umumjamoa hisobida Bo'stonliq tumani bokschilari faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Ochiq turnir boksda iqtidori yuqori bo'lgan o'smirlarni saralash imkonini ham yaratib berdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing