So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

01 may 08:01
Yangiliklar

Kurash

Braziliyada o'zbek belbog'li kurashi bo'yicha Pan Amerika Konfedraciyasi tashkil etildi + FOTO

Braziliyaning San-Paulu shahrida jahon belbog'li kurash associaciyasining (JBKA) navbatdagi tasis Kongressi bo'lib o'tdi.

O'zbek milliy belbog'li kurashining xalqaro arenadagi nufuzu va ommaviyligini yanada oshirish, er sharining barcha qitalarida belbog'li kurash sport turini keng rivojlantirish maqsad qilingan mazkur Kongressda hamyurtimiz, Jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev hamda JBKA bosh kotibi Arturas Vileyta ishtirok etdi.

Azizbek G'aniev raisligida o'tgan Kongressda dastlab, jahon belbog'li kurash associaciyasi tomonidan belbog'li kurashni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga oid axborotlar tinglandi. Tashkiliy masalalar, xususan, ijroqum safini ko'paytirish, shuningdek, tasis yig'lishdagi asosiy masala - Pan Amerika belbog'li kurash Konfederaciyasini tuzish taklifi ko'rib chiqildi va maqullandi.

Bir ovozdan Pan Amerika konfederaciyasining rahbariyati quyidagi tarkibda saylandi:

Pan Amerika belbog'li kurash konfederaciyasi prezidenti etib braziliyalik Xoze Jildemar Klementino De Karvalyu saylandi. Yangi tayinlangan ushbu konfederaciya prezitenti 6-DAN sohibi, murabbiy, 600 nafar sportchilari bor bo'lgan “ADSA” akademiyasi prezidenti sanaladi.

Pan Amerika belbog'li kurash federaciyasi vice-prezidenti etib braziliyalik Markos Xose Xungaro tayinlandi. Xungaro sport associaciyasi prezidenti, turli shaharlarda 2 ta jang sanati akademiyalari egasi, 480 nafar sportchining murabbiyi, Ribeyran-Piresh shahar talim vaziri yordamchisi, jismoniy tarbiya bo'yicha malakali mutaxassis, jismoniy madaniyat doktori hisoblandi.

Pan Amerika belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi etib esa yana bir Braziliya fuqarosi Joao SHiffer tayinlandi. U xalqaro jang tashkilotlarida ko'plab lavozimlar egasi, shular qatorida vice-prezident va boshqaruv azosi, xalqaro kurashlarni rivojlantirish sohasida 20 yillik tajribaga ega, San-Pauludagi “Circulo Militar” sport direktori. 

Braziliyaga tashrif doirasida Jahon belbog'li kurash associaciyasi rahbariyati va Pan Amerika konfedraciyasi vakillari ishtirokida Santo-Andre va San-Paolo shaharlarining sport bo'yicha vaziri, janob Marselo CHerradze, sport direktori Jilberto Krauzer va parlament azosi, Osasko shahrining sport bo'yicha kotibi janob Daniel Kan bilan uchrashuv o'tkazishdi va sportning belbog'li kurash turini rivojlantirish bo'yicha dolzarb masalalar atroflicha muhokama etildi. 

Munozaralardan so'ng tomonlar belbog'li kurashni Pan Amerika qitasida rivojlantirish bo'yicha kelishuvga erishishdi va qitada seminarlar, turnirlar hamda chempionatlar o'tkazishga qaror qilindi. Uchrashuv doirasida JBKA prezidenti Azizbek G'aniev tomonidan braziliyalik rasmiylarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Samarali tarzda o'tgan kongressdan so'ng jahon belbog'li kurash associaciyasi (JBKA) etakchilari yangi tuzilgan Pan Amerika konfederaciyasi azolari hamroxligida «ADSA Academia» jang sanati akademiyasida belbog'li kurash bo'yicha birinchi Pan Amerika seminarini ham o'tkazishdi. 

600 nafar sportchilar ishtirok etgan mazkur seminarda mahalliy murabbiylar, sportchilar va hakamlarga o'zbek qadimiy sport turi bo'lgan belbog'li kurash to'g'risida nazariy malumot berildi. Belbog'li kurashning turli usullarini qo'llagan holda ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Quvonarlisi, mahalliy sport klublarida belbog'li kurash bo'yicha mashg'ulotlar o'tkazilishi boshlab yuborildi, yangi tashkil etilgan Pan Amerika belbog'li kurash konfedraciyasi tomonidan xalqaro seminar va turnirlarni tashkil etish ishlari rejalashtirilmoqda va ushbu tadbirlarga doir hujjatlar to'liq rasmiylashtirilganidan so'ng xalqaro belbog'li kurash associaciyasining (JBKA) taqvim-rejasiga kiritiladi.

Takidlanishicha, belbog'li kurashni rivojlantirish bo'yicha Braziliyaning Santo-Andre va San Paolo shaharlarini tanlangani bejiz emas. Boisi, ushbu shaharlar dunyoda sport turlarini rivojlantirishda yuqori o'rinda turadi. 

Demak, belbog'li kurash sport turi Pan Amerika qitasiga ushbu shaharlar orqali dadil kirib borishi keng ommalashishga xizmat qiladi. Natijada, ushbu qitada yashayotgan millionlab kishilar sportning belbog'li kurash turi bilan yaqindan tanishish va shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'ladi.

SHu o'rinda takidlash joiz, 2021 yilda faoliyatini boshlagan jahon belbog'li kurash associaciyasi (JBKA) tomonidan, yanayam aniqrog'i JBKA prezidenti Azizbek Abdixalilovich G'anievning tashabbusi va bevosita ko'magi bilan Evropa, Osiyo, Pan Amerika qitalarida belbog'li kurash konfedraciyalari ochilgani va yuqori xayrixohlik bilan qiziqish bildirilayotgani belbog'li kurash bilan shug'ullanuvchi yoshlar soni jahon bo'ylab yanada oshayotganidan dalolat beradi.

Fikrimizga isbot tariqasida JBKA tashkil etilgan buyon aynan JBKA prezidenti say-harakati bilan dastlab, 2021 yil oktyabr oyida sport tarixida ilk bor belbog'li kurash bo'yicha Evropa chempionati o'tkazildi. Ushbu chempionat doirasida Evropa belbog'li kurash konfedraciyasi tashkil etildi. 

2021 yilning noyabr oyida Jizzax shahrida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun jahon chempionati o'tkazilib, uning doirasida Osiyo belbog'li kurash Konfedraciyasi tuzildi. Endi esa Pan Amerika belbog'li kurash konfedraciyasi rasman ish boshladi. Endigi vazifa Afrika belbog'li kurash konfedraciyasini tashkil etish.

Darvoqe, jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev Braziliyadan mamlakatimizga qaytiboq, Amerika Qo'shma SHtatlariga jo'nab ketdi. Maqsad - AQSHning Nyu-York, Vashington kabi yirik shaharlari sport mutasaddilari bilan uchrashib, o'zbek sporti - milliy belbog'li kurashimizni Amerikada ham ommalashtirish yo'lida bir qator hamkorlik masalalarini muhokama qilish.    

Darhaqiqat, Yangi O'zbekistonimizda barcha sohalar qatori sportda, xususan, milliy sport turimiz sanalagan belbog'li kurashda ham yangi sahifa, yangi tarix ochilmoqda. 

Jahon belbog'li kurash associaciyasining bosh maqsadi - mamlakatimiz hamda jahonda belbog'li kurash sport turining yoshlar orasida ommaviyligiga erishish, belbog'li kurashni dunyo xalqlarining sevimli sport turiga aylantirish va albatta o'zbek belbog'li kurashini yozgi olimpiya o'yinlariga kiritishdan iborat bo'ladi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing