16 avg 14:35
Yangiliklar
Engil atletika, Og'ir atletika
Braziliyalik atlet Olimpiada rekordini yangiladi
Rio-2016 Olimpiadasining engil atletika musobaqalari doirasidagi langarcho'pga tayanib sakrash bahslarida yangi olimpiada rekordi o'rnatildi.
Braziliyalik sportchi Tiago da Silva 6 metru 3 santimetr natija bilan franciyalik atlet Reno Lavilleniga tegishli rekordni yangiladi. O'zi esa terma jamoasiga Olimpadadagi ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.
Silva rossiyalik mutaxassis Vitaliy Petrov boshchiligida Olimpiadaga tayyorgarlik ko'rgandi. Petrovga esa o'z vaqtida afsonaviy sportchilar Sergey Bubka va Elena Isinbaeva ustozlik qilishgan. Lavilleni shu paytgacha 5,97 m natija bilan olimpiada rekordiga egalik qilib kelayotgan edi. U Rioda 5,98 m ko'rsatkich bilan bronza medali bilan cheklandi.
Havola :
Manba : Olympic
Fikrlar