25 iyu 10:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Breaking news. Fyuri jarohat oldi, Klichko bilan jang qoldiriladi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA va WBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik Tayson Fyuri (25-0, 18 KO) mashg'ulot chog'ida oyog'idan jarohat oldi.
Endi uning sobiq jahon chempioni ukrainalik Vladimir Klichkoga (64-4, 53 KO) qarshi o'tkazadigan chempionlik himoya jangini nomalum muddatga qoldiriladi. Ushbu revansh jangi 9 iyul kuni Angliyaning Manchester shahrida o'tkazilishi kerak edi.
Hozircha britaniyalik bokschining tiklanishiga qancha vaqt ketishi malum emas. Jang uchun chiqarilgan chiptalar o'z kuchida qoladi va yangi muddat belgilangan taqdirda, muxlislar eski chipta bilan arenaga kirishlari mumkin bo'ladi.
Havola :
Fikrlar