16 mar 20:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Breaking News. G'oibnazarov Bob Arumga tegishli Top Rank kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Fazliddin G'oibnazarov professional boksdagi faoliyatini boshlaydi.
Hamyurtimiz afsonaviy promouter Bob Arumga tegishli mashhur Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan rasman shartnoma imzoladi. Fazliddinga Oskar De La Xoyyaning Golden Boy promouterlik kompaniyasidan ham taklif tushgan edi.
G'oibnazarov shu kunlarda murabbiyi Abror Tursunpo'latov bilan birga dunyo boks markazi xisoblangan AQSHda bo'lib turibdi va o'sha erning o'zida mashg'ulotlarni o'tkazyapti.
Malumot uchun, Bob Arum ko'plab jahon chempionlariga promouterlik qilgan. Ular orasidan birgina filippinlik Menni Pakyaoni eslash kifoya.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar