So’nggi yangiliklar

20:23РАСМАН! Богдан Гусковнинг UFC'даги кейинги жанги эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 19:51Каннаваро ЖЧ тарихига кирди 0 19:05Эртага 9 нафар боксчимиз Хитойдаги жаҳон кубогида жанг қилади 0 18:35Конор Макгрегор: "UFC'да қолишимга умид қиламан" 0 17:24Беҳруз Каримов Луис Диасни зарарсизлантириш, узоқ масофадан зарба ва бошқа масалалар ҳақида 0 16:48Перейра Ган билан жанг учун апелляция беришдан воз кечди. У реванш истамоқда 0 15:21"Шара Буллет ҳеч қачон UFC чемпиони бўлмайди" - Царукян 0 14:39Алекс Перейра навбатдаги жангини қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 13:13Колумбия бош мураббийи Ўзбекистонга қарши учрашувдан сўнг нималар деди? 0 12:36UFC 330 турнири учун иккинчи чемпионлик жанги эълон қилинди 0 11:17Жаҳон кубоги. Феруза Казакова Хитойдаги юришини муваффақиятли бошлади 0 10:44Алекс Перейра оғир вазнда қоладими? Унинг ўзи жавоб берди 0 10:16Фабио Каннаваро: "Хатолар бўлди, улар устида ишлаймиз" 0 09:02ЖЧ-2026. Колумбияга қарши тарихий ўйинда имкониятни бой бердик 0 07:33P4P UFC рейтинги янгиланди: Рўйхатда икки янги ном 0

31 mar 15:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Brendon Moreno Deyvesonning irqchilik haqidagi ayblovlariga javob qaytardi

Teglar :  Brendon Moreno
Moreno Figeredoga javob qaytardi.

Brendon Moreno meksikalik bilan to'rtinchi jangdan bosh tortganini raqib jamoadagi irqchilikning namoyon bo'lishi bilan izohlagan amaldagi divizion chempioni Deyveson Figeredoga javob qaytardi.

«Bu shunchaki ahmoqlik», dedi Moreno ESPN Deportes'ga. «Mening do'stim matbuot anjumanini jonli efirda uzatib, telefonidagi filtrlar bilan o'ynab yurgan edi. Afsuski, bizda to'liq video yo'q – u saqlamagan. U hammaga - Dana Uaytga, jamoadoshlarimga va hatto menga filtr qo'ydi. Figeredo maymun niqobi bilan paydo bo'lganida, kimdir skrinshot oldi va Marselo Roxoni irqchi deb atay boshladi. Biz hammamiz Marseloni bilamiz – u irqchi deb atalgan oxirgi odam».


Morenoning takidlashicha braziliyalikning so'zlariga qaramay, UFC unga ular o'rtasidagi to'rtinchi jangni tashkil etish hozirda ustuvor vazifa ekanligini va boshqa variantlar ko'rib chiqilmaganini tasdiqladi.

«Men UFC bilan, tashkilotdagi asosiy yigitlar bilan gaplashdim - ular menga to'rtinchi jang tayinlanganini  va bu haqda tashvishlanishga hojat yo'qligini aytishdi. Mening rejam yana chempionlik uchun kurashish va Deyveson mendan uzoqlashishga harakat qilmoqda. Men yolg'on gapirmayman – UFC Moreno va Figeredoni to'rtinchi jangda ko'rmoqchi. Men allaqachon «ha» dedim, lekin boshqa tomonning javobini eshitmadim».

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing