15 mar 08:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Briedis vs Dortikos. Superseriyaning final jangi ikki oyga kechiktirildi
Butunjahon boks superseriyasining birinchi og'ir vazn toifasidagi final jangi ikki oy muddatga kechiktirildi.
Hal qiluvchi finalda IBF chempioni Yuner Dortikos shu vaznda sobiq jahon chempioni, latviyalik Mayris Briedisga qarshi ringga chiqadi. Final jangi 21 mart kuni Latviya poytaxti Riga shahrida o'tkazilishi lozim edi.
Lekin koronavirus xavfi sabab chempionlik jangi 16 may kuni o'tkazilishi elon qilindi. Jang manzili o'zgarmaydi. Latviya hukumati 200 va undan ortiq kishi qatnashadigan barcha ommaviy tadbirlarni vaqtincha to'xtatish haqida qaror qabul qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar