27 sen 09:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Briedis vs Dortikos. WBSS chempionligi uchun jang bo'lib o'tdi + FOTO
Germaniyada Butunjahon boks Superseriyasi (WBSS) ikkinchi mavsumidan o'rin olgan chempionlik jangi bo'lib o'tdi.
Birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazilgan jangda IBF chempioni, latviyalik 35 yoshli Mayris Briedis (26-1, 19 KO) sobiq jahon chempioni, kubalik 34 yashar Yunier Dortikos (24-1, 22 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi.
CHempionlik jangi to'liq 12 raund davom etdi va yakunda Mayris Briedis 118:111, 117:111, 114:114 hisoblarida g'alaba qozonib, Muhammad Ali kubogini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, Dortikos finalga qadar Mateush Masternak va Endryu Tabitini, Briedis esa Noel Gevor hamda Kshishtof Glovackini mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Fikrlar