03 jan 14:34
Yangiliklar
Brisben (ATP). Jokovich Monfisni o'zaro 20-uchrashuvda ham mag'lub etdi, bu rekord!
Serbiyalik tennischi Brisbane International turnirinig 1/8 finalida ATP reytingida 55-pog'onada borayotgan franciyalik Gael Monfisni ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/3.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlardagi hisob 20:0 ko'rinishiga keldi, bu tarixiy rekord natija hisoblanadi. Tennis tarixida hali hech kim o'zaro uchrashuvlarda bunday yirik "suxoy" hisobda zafar quchmagan edi.
Etmish to'rt daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 5, Monfis 4 ta eys zarbani amalga oshirgan. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik ham Novak tomonida bo'ldi - 3 ga 0. Endi serbiyalik 1/4 finalda Reylli Opelkaga qarshi kortga chiqadi. Amerikalik tennischi o'z o'rnida italiyalik Matteo Arnaldidan 7/6(9), 7/6(4) hisobida ustun keldi.
Fikrlar