07 jan 15:52
Yangiliklar
Tennis
Brisben turnirining juftlik bahslarida g'oliblar malum
Avstraliyaning Brisben shahrida o'tkazilgan ATP turnirining juftlik bellashuvlarida ham g'olib va sovrindor aniqlandi.
Hal qiluvchi final uchrashuvida britaniyalik Lloyd Glasspul hamda niderlandiyalik Jan-Jyulen Royer juftligi germaniyalik tennischilar Kevin Kravec hamda Tim Pyutc hamkorligini 7/6(3), 5/7, tay-brekda 12:10 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Tennischilar 1 daqiqasi kam 2 soat davomida kortda harakat qilishgan. Glasspul/Royer 3, Kravec/Pyutc esa 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. CHempionlar 250 reyting ochkosi hamda 34,600 dollar mukofot pulini qo'lga kiritishdi. Kravec va Pyutc esa 150 ochko va 18,000 dollarga ega bo'ldi.
Etiborga molik jihati shundaki, Royer juftlikdagi faoliyatida 37-sovriniga ega chiqdi. Glasspul esa to'rtinchi titullik bo'ldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar