04 avg 08:55
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/2263_220.jpg)
Britaniya Antidoping agentligi Fyurini aybsiz deb topdi
Buyuk Britaniya Antidoping agentligi professional boksning superog'ir vazn toifasida WBA (Super) va WBO yo'nalishlari chempioni britaniyalik 27 yoshli Tayson Fyurini aybsiz deb topdi.
Kuni kecha Fyuri aynan Britaniya Antidoping agentligini (UKAD) sudga bergandi. Gan shundaki, joriy yilning 24 iyun kuni UKAD tomonidan Fyurining doping-testdan o'ta olmagani, uning qon tarkibida taqiqlangan nandrolon moddasi aniqlangani elon qilingandi.
Aslida esa doping-tahlil bokschidan 2015 yilning fevral oyida olingan edi. Bu esa Vladimir Klichko bilan o'tgan yilning noyabr oyida o'tkazilgan jangga hech qanday aloqasi yo'qligini anglatadi. Fyuri – Klichko revansh jangi 29 oktyabr kuniga belgilangan.
Havola :
Fikrlar