05 avg 12:24
Yangiliklar
Brok Lesnar faoliyatini yakunlaganini elon qildi
"Men bugun ushbu intervyuni berish va butun dunyoga faoliyatimni yakunlayotganimni malum qilish uchun keldim. Barchaga katta rahmat aytmoqchiman. SHanba kuni men uchun juda hissiyotlarga boy kun bo'ldi. Bu biroz g'alati edi, chunki... mening yuragim... Oba Femi meni WrestleMania’da ringga uloqtirganida, men: "Men buni qayta boshdan kechira olmayman", deb o'yladim. SHu hafta men hammasi tugaganini angladim. Men yakunladim", — dedi Lesnar "The Pat McAfee Show" YouTube kanalida.
O'zining so'nggi jangida Lesnar WWE SummerSlam shousining asosiy to'qnashuvida Oba Femiga qarshi ringga chiqdi. Jang yopiq katak ichida bo'lib o'tdi. Brok Femi bilan bo'lgan jangda ikkinchi bor mag'lubiyatga uchradi.
Bu birinchi marta bahorda WrestleMania’da sodir bo'lgandi. O'shanda Brok ringda o'z ekipirovkasini qoldirib ketgan va bu uning restlingdan ketishi deb qabul qilingandi, biroq keyinchalik u qaytib, yana ikkita jang o'tkazdi.

Fikrlar