08 dek 09:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Bu fakt: Joshua Van UFC tarixidagi ilk osiyolik erkak chempionga aylandi
Kecha Amerika Qo'shma SHtatlarining Las-Vegas shahrida joylashgan "T-Mobile Arena"da UFC 323 turniri o'tkazildi.
Oqshom doirasida Myanma vakili, 24 yashar Joshua Van braziliyalik Aleksandr Pantoja bilan jang qilib, texnik nokaut orqali zafar quchdi va eng engil vazn toifasida UFC chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Bu orqali Van erkaklar o'rtasida tashkilot tarixida Osiyo qitasilik ilk chempionga aylandi. Ayollar o'rtasida qirg'izistonlik Valentina SHevchenko, xitoylik Veyli CHjan UFC chempioni bo'lgan.
Avvalroq, uning UFC tarixidagi ikkinchi eng yosh chempion ekani va XXI asrda tug'ilgan birinchi chempion bo'lgani haqida xabar berilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar