13 fev 17:40
Yangiliklar
"Bu faoliyatimdagi eng muhim lahzalardan biri edi" - Volkanovski Maxachev bilan jangni esladi
"Biz hammamiz Islam qanchalik yaxshi ekanini bilamiz. U hozirgacha nima qilayotganiga qarang. O'sha paytda uning rekordi hozirgidek yorqin emas edi, lekin hamma uning qanchalik kuchli ekanini tushunardi.
Va men shunday uslubdagi jangchiga qarshi oktagonga ko'tarilyapman — hamma menda imkoniyat yo'q, deb o'ylardi.
O'sha jangda qilgan ishlarim, qanday chiqish qilganim, va haligacha ko'plar men yutganman deb hisoblashi… Men vazn toifasidan qati nazar birinchi raqam bo'lib qolganman — bu aqlbovar qilmas edi.
Biz Avstraliyada rekordlar o'rnatdik — tashrif, daromad, PPV bo'yicha... Bu katta ko'lamdagi jang edi, u butun xaypni oqladi. Hatto mag'lubiyatga qaramay, men buni ehtimol faoliyatimdagi eng muhim lahzalardan biri deb hisoblayman", — dedi Volkanovski.
Fikrlar