09 okt 18:40
Yangiliklar
"Bu haqda hamma jim". Striklend UFC’ni keskin tanqid qilib, tashkilotni tark etish niyatini bildirdi
"UFC haqida hamma jim turadigan bir narsani aytmoqchiman. CHempionlarga, divizionni boshqarayotgan haqiqiy jangchilarga qarang. Ular mag'lub bo'lishadi, keyin yana qaytishadi. SHundan so'ng yana uch-to'rt marta jang qilishadi va oxirida qattiq nokautga uchrashadi.
SHunda sen: “Unga nima bo'ldi?” deb o'ylaysan. Keyin tushunasanki, unga UFC tasir qilgan.
UFC jangchilarga shunday haq to'lasinki, ular faoliyatini yakunlab: “Og'ayni, bo'ldi, kelajagimni taminlab oldim”, deb bemalol ketishsin. Tashkilot sening merosingni yaratadi, seni o'sha erda ushlab turadi, lekin etarlicha pul to'lamaydi. Natijada yana qaytishga va o'zing yaratgan merosingni barbod qilishga majbur bo'lasan.
Men bunday qilishni istamayman, yigitlar. Bu endi menga qiziq emas. Boks bilan shug'ullanib, boks bo'yicha chempionlik kamarini qo'lga kiritmoqchiman. Hozir shu masalani hal qilishga harakat qilyapmiz.
Ammo UFC bunga rozi bo'lmasligini va meni jang qilishga majburlashini aytsa, mayli, muammo yo'q. SHunchaki oktagonda turib, zarbalar berishga va ulardan qochishga harakat qilaman. Muxlislar meni hushtakbozlik bilan qarshi olishadimi? Men ham sizlar bilan birga hushtak chalaman. Pulimni olaman va o'z yo'limda davom etaman", — dedi Striklend ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida elon qilingan videoda.
Striklendning professional MMA faoliyatida 31 ta g'alaba, shulardan 16 tasi muddatidan oldin, hamda 7 ta mag'lubiyat bor. U professional MMAdagi debyutini 2008 yil mart oyida o'tkazgan.
Uning so'nggi jangi UFC 328 turnirida bo'lib o'tgan. Unda Striklend Xamzat CHimaevni ochkolar evaziga mag'lub etgan.
Fikrlar