03 iyu 10:04
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bu imkoniyat orqali Ahmadaliev jahonda eng yaxshi ekanligini isbotlay oladi"
Xabar berib o'tganimizdek, Murodjon Ahmadaliev chempionlik uchun amerikalik Daniel Romanga qarshi jang o'tkazadi.
Promouterlik savdolaridan so'ng "Mir boksa" kompaniyasi vakili Vadim Kornilov bokschimiz haqida iliq fikrlarini bildirib o'tdi.
"Murodjonni jahonda birinchi yarim engil vazn toifasida eng yaxshi bokschi deb hisoblaymiz. Imkoniyat olish orqali u buni ringda isbotlaydi. Havaskor boksdagi ajoyib faoliyati va professional boksdagi muvaffaqiyatli starti orqali u engil vazn toifasining asosiy yulduzlaridan biriga aylana oladi", - dedi Vadim Kornilov.
Havola :
Manba : AllBoxing
Fikrlar