29 may 09:00
Yangiliklar
Boks/MMA
"Bu jangni muxlislar ko'rishni istayapti". Verxuven Usik bilan revansh o'tkazmoqchi ekanini aytdi
Niderlandiyalik kikbokschi Riko Verxuven jang sanatlarida faoliyatini rivojlantirish uchun ko'plab takliflar olganini, ammo Aleksandr Usik bilan revansh o'tkazishni xohlayotganini malum qildi.
Ularning birinchi to'qnashuvi 23 may kuni Misrda bo'lib o'tgan va Aleksandrning 11-raunddagi nokauti bilan yakunlangan edi.
"Hozir menga juda ko'p takliflar bo'lyapti, shuning uchun hammasini asta-sekin tahlil qilyapman. Ko'ramiz, nima bo'larkin. Lekin ochig'ini aytsam, men revansh haqida o'ylayapman. Avvalo, aynan shu jangni muxlislar ko'rishni istayapti deb o'ylayman.
Hozir hamma menga murojaat qilyapti — bu juda katta va aqlbovar qilmas holat. Lekin biz shoshilmayapmiz va vaziyat tinchishini kutyapmiz. Bizdan boshqa hech kim bu sodir bo'lishini kutmagandi", — dedi Verxuven.
Havola :
Manba : MMA Mania
Fikrlar