25 mar 11:34
Yangiliklar
Boks/MMA
"Bu nima o'zi?!" Garri Maxachevning jarohatiga shubha bildirdi
UFC jangchisi Ian Garri Islam Maxachevning qo'l jarohati haqidagi malumotga shubha bildirdi.
Bunga sabab — yaqinda Maxachevning mashg'ulotidan video tarqaldi, unda sportchi boks qopiga ikki qo'li bilan faol zarbalar bermoqda. SHu bilan birga, jarohat haqidagi malumotni bir necha kun oldin Dana Uayt ham tasdiqlagan edi.
"Bu nima o'zi?! Qo'l jarohatimi yoki vaqtni bekorga sarflashmi?" — deb yozdi Garri ijtimoiy tarmoqda, Maxachev mashg'ulotidan videoni qayta joylashtirib.
Ian Garri so'nggi jangini 22 noyabr kuni Qatarda bo'lib o'tgan UFC turnirida o'tkazib, Bilol Muxammadni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar