12 apr 15:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Bu qiziq! Bahodir Jalolov sobiq MMAchini mag'lub etgan ekan
Xabaringiz bor, kecha bokschimiz Bahodir Jalolov prof ringdagi oltinchi jangini o'tkazib, NABF Junior Heavyweight chempionlik kamari sohibiga aylandi.
Bokschimiz ushbu jangda amerikalik Brendan Barrettga qarshi ringga ko'tarilgandi.
Qiziq jihati shundaki, Barrett 2006 yildan 2017 yilgacha aralash qoidalar janglarida ishtirok etgan ekan. U bungacha MMAda 19 ta jang o'tkazib, ularning 10 tasida g'alaba qozongan. 8 tasida mag'lub bo'lgan. 1 marotaba durang qayd etgan. Yana bitta jangi esa amalga oshmay qolgan.
Eslatib o'tamiz, kecha o'tkazilgan jangda Jalolov Barrettni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar