So’nggi yangiliklar

10:28Қирғизистондаги фожеали ҳалокат ортидан Ғалаба чўққисига чиқиш учун алпинистлар рухсатнома олиши талаб этилмоқда 0 09:56Жозеф Паркердан кокаин учун допинг бўйича айбловлар олиб ташланди 0 09:23Гвардиола Родрига қўнғироқ қилиб, уни "Барселона"га ўтишга кўндирди 0 08:49Чарльз Оливейра яқин дўсти Алан Насиментонинг вафотидан кейин илк бор баёнот берди 0 08:03Лайма Владсоннинг Германиядаги саргузаштлари давом этяпти! Ҳамюртимиз бу сафар ўзидан қарийб 400 поғона баланддаги теннисчини мағлуб этди 0 19:56Рамазон Темиров UFC собиқ юлдузига қарши жанг қилади — манба 0 19:17“Ливерпуль” ва ПСЖ Барколя бўйича келиша олмаяпти 0 18:47Брэди Махачев - Гэрри жанги ҳақида: "Бир дарвоза олдидаги футбол" 0 18:13Таркибида 12 та жанги бор UFC 331 турнирининг тўлиқ карди тасдиқланди 0 17:48"У ўз имиджини бузмоқда". Даррен Тилл Иан Гэррини аёллар ҳақидаги гаплари учун танқид қилди 0 17:17“Ҳеч ким клубдан устун эмас”: “Реал” Винисиусга ультиматум қўйди 0 17:07Ўзбекистонлик сумочи ўзидан уч баравар оғир рақиби устидан тарихий ғалабага эришди (ВИДЕО) 0 16:49Украина россиялик боксчиларнинг халқаро турнирларга қайтишига кескин қарши чиқди 0 16:16ИНТЕРВЬЮ. Икки Президентнинг меҳрини қозониб, дуосини олган дзюдочи — Ришод Собиров 0 15:50Дана Уайт UFC`ни сотиб олишдан олдин қандай қилиб 380 000 доллар ишлаб топганини айтиб берди 0

19 okt 15:19
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Buenos-Ayres 2018. Yangi rekordlarga sababchi bo'lgan musobaqa yakunlari tahlili

Argentinaning Buenos-Ayres shahrida III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari yakunlandi.

Bu safargi "kichik Olimpiada" sportchilarimiz uchun har qachongidanda muvaffaqiyatli o'tdi. O'yinlar yakuniga ko'ra o'zbekistonlik yosh sportchilar tomonidan umumiy hisobda 16 ta medal qo'lga kiritildi. Ularning 5 tasi oltin, 4 tasi kumush va 7 ta bronza medallaridir. Umumjamoa hisobida medallar sifati bo'yicha 206 mamlakat ichida 13-o'rinni egalladik. Bu orqali O'zbekiston o'smirlar Olimpiadasidagi o'z natijasini yaxshiladi.

Mazkur o'yinlarda qaysi sport musobakalari biz uchun muvaffaqiyatli o'tdi? SHu haqida biroz muloxaza yuritib ko'ramiz.

Buenos-Ayres Olimpiadasi ayniqsa og'ir atletikachilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Federaciya sportchilari Argentinadagi o'yinlarga uchta licenziya qo'lga kiritishgandi. Yakunda musobaqada ishtirok etgan har uchchala sportchimiz ham o'smirlar Olimpiadasi medallariga sazovor bo'lishdi. Kumush Fayzullaeva oltin medalni qo'lga kiritdi. Muhammadqodir Toshtemirov va Dolera Davronovalar mos ravishda kumush va bronza medallari bilan qaytadigan bo'lishdi. Demak, og'ir atletikachilarimizda medal jamgarish bo'yicha 100 foizlik ko'rsatkich! Etiborga molik tomoni o'zbekistonlik og'ir atletikachilar shu kungacha o'smirlar Olimpiya o'yinlarida oltin medalga sazovor bo'lmagandilar. Umuman, og'ir atletikachilarimiz nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda. Indoneziya mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlarida ham atletlarimiz juda yaxshi qatnashishgandi. Buning uchun O'zbekiston og'ir atletika federaciyasiga minnatdorchilik bildirib qo'ysak arziydi. Noyabr oyida og'ir atletikachilarimizni Turkmanistonda bo'lib o'tadigan jahon chempionati kutib turibdi. Biz ushbu musobaqada ham atletlarimiz zafarli yurishlarini davom ettirishlariga ishonamiz.




Sport kurashlari bahslarida ham polvonlarimiz juda yaxshi ishtirok eta olishdi. Argentinaga yo'l olgan to'rt nafar sportchimizning uchtasi sovrindorlar qatoridan o'rin oldi. Polvonlarimiz delegaciyamiz hisobiga 3 ta medal (1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza) qo'shib qo'yishdi. Ayollar kurashi bahslarida qo'lga kiritilgan medal O'zbekiston uchun o'smirlar Olimpiadasidagi dastlabkisi bo'ldi. Bungacha sport kurashlari bilan shug'ullanadigan o'zbekistonlik qizlar o'smirlar Olimpiya o'yinlarida umuman medal qo'lga kirita olmagandilar. Demak, SHohida Ahmedovaning kumush medali O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi uchun tarixiy axamiyat kasb etdi. Oltin medal qo'lga kiritgan Umidjon Jalolov, shuningdek Argentinadagi Olimpiadada delegaciyamiz bayroqdori vazifasini bajarib, yakunda bronza medali sohibiga aylangan Muhammadrasul Rahimovdan ham kelajakda umidimiz katta. Endi ulardan kattalar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlarida ham medallar kutishga haqlimiz.

Eshkak eshish bo'yicha bahslarda olti nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qildi. Baydarka va kanoeda eshkak eshishning yakkalik bahslarida ishtirok etgan sportchilarimiz o'smirlar Olimpiya o'yinlarida ilk marotaba medallarga sazovor bo'lishdi. Eshkak eshuvchilarimizdan 1 ta oltin va 1 ta kumush medali! Gulbahor Fayzieva (oltin) va Islom Abdusalomov (kumush) o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlay olishdi.

Boks kompleks musobaqalarida O'zbekiston uchun medal taqdim etadigan asosiy sport turi hisoblanadi. Argentina Olimpiadasida to'rt nafar charm qo'lqop ustasi yurtimiz sharafini himoya qildi. Musobaqa yakunlariga ko'ra, ularning uch nafari sovrindorlar qatoridan o'rin ola bildi. Abdumalik Xalakov oltin medalga ega chiqqan bo'lsa, Jahongir Rahmonov va Timur Merjanov hisobimizga bronza medalini qo'shib qo'yishdi. Darvoqe, shuni alohida qayd etishimiz lozimki, Abdumalik Xalakov oltin medalni qo'lga kiritishi barobarida Bektemir Meliqo'zievning natijasini takrorlay oldi. Endi unda ham Bektemir kabi yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati va o'smirlar Olimpiadasining oltin medallari bor. Navbat kattalar o'rtasidagi musobaqalarga, Abdumalik!


Dzyudochilarimiz musobaqaga ikki sportchi bilan yo'l olgandilar. Yakunda ularning har ikkisi ham sovrindor bo'la oldi. Medallardan birini Jayhunbek Nazarov dzyudoning mikst yo'nalishida qo'lga kiritdi. Nilufar Ermagambetova esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Taekvondo bo'yicha bahslarda yurtimiz sharafini faqatgina Ulug'bek Rashitov himoya qildi va u o'ziga bildirilgan ishonchni tula oqladi. Hamyurtimiz ushbu musobaqada taekvondochi yigitlar ichida kumush medal qo'lga kiritgan ilk o'zbekistonlik sportchi bo'ldi.

Karate bo'yicha bellashuvlarda qatnashgan Dildora Aliqulova guruh bahslarida mag'lubiyatsiz qatnashib, yarim finalgacha etib bora oldi. Final ostonasida esa yaponiyalik raqibga to'qnash keldi. Karate vatani sanalgan kunchikar yurt vakiliga qarshi jangda Dildoraga biroz omad etishmadi va u yakunda bronza bilan kifoyalandi.

SHuningdek, gimnastikaning mikst bahslarida ishtirok etgan Indira O'lmasova ham bronza medaliga sazovor bo'ldi.


Yana bir jihatga etibor qaratishimiz lozim. Engil atletika bo'yicha bellashuvlarda ham medallar qo'lga kiritishga juda yaqin kelgandik. Afsuski, Roksana Xudoyarova (uchxatlab sakrash) va Regina Adashbaeva (bosqon uloqtirish) dan so'nggi pallalarda omad yuz o'girdi va ular to'rtinchi o'rin bilan kifoyalanishdi. Umid qilamizki, ular bu bilan to'xtab qolishmaydi va kelajakda O'zbekistondan engil atletika bo'yicha yangi chempionlar etishib chiqadi.

SHu tariqa uzoq kutilgan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlari nihoyasiga etdi. Milliy olimpiya qo'mitasi musobaqada ishtirok etgan sportchilarimiz, ularning murabbiylari va albatta yurtimizdagi sport federaciyalarini ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi va oldinda turgan nufuzli musobaqalarda ham ana shunday zafarli yurishini davom ettirishlarni tilaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing