03 okt 17:27
Yangiliklar

Volkan Ozdemirning navbatdagi jangi tasdiqlandi
Bogdan Guskovning UFC`dagi ilk raqibi 22 noyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkaziladigan turnirda Alonzo Menifildga qarshi oktagonga chiqadi.
Yarim og'ir vazn toifasida chempionlik kamari uchun sobiq davogar Volkan Ozdemir so'nggi jangini o'tgan yilning noyabr oyida o'tkazib, uch raund yakuniga ko'ra bir ovozdan Karlos Ulbergga imkoniyatni boy bergandi. Bungacha 36 yoshli Volkan hamyurtimiz Bogdan Guskovni bo'g'ish usuli evaziga mag'lub etgandi. Jonni Uokerni esa nokautga uchratgan edi.
Amerikalik 37 yoshli Alonzo Menifild ikki g'alabadan iborat seriya bilan kelmoqda. U Julius Uoker ustidan hakamlarning ayri qarori bilan ustun kelgan, Omar Sini esa yakdil qarori evaziga mag'lub etgandi.
Ayni damda Volkan Ozdemir UFC yarim og'ir vazn toifasi reytingida to'qqizinchi, Alonzo Menifild esa o'n to'rtinchi pog'onani egallab turibdi.
Fikrlar