03 okt 10:07
Yangiliklar
Boks/MMA

To'qqiz nafar bokschi qizlarimiz III "MDH o'yinlari" medallarini naqd qilishdi
Ozarbayjonda davom etayotgan III "MDH o'yinlari"ning boks bahslarida o'smir qizlar ishtirokidagi 1/2 final janglari bo'lib o'tdi.
Yarim final janglari natijalariga ko'ra, 5 nafar bokschimiz finalga yo'l oldi. Yana 4 nafar bokschi qizlarimiz 1/2 finalda yutqazib, bronza medallariga ega chiqishdi.
Finalda jang qiladigan bokschilarimiz:
-50 kg. Nazokat Mardonova
-52 kg. Sabina Mirzaeva
-54 kg. Qumriniso Muhammadova
-57 kg. Farzuna Ro'zieva
-63 kg. Rushanabonu Isoeva
Bronza medal sohibalari:
-46 kg. Ruxshonabonu Axadova
-48 kg. SHahnozabonu Imomalieva
-60 kg. Mehrimax Qilicheva
-66 kg. Ulbosin Jalgasbaeva
Bugun o'smirlarimiz yarim final janglarida ringga ko'tarilishadi.
Havola :
Fikrlar